date
views 541

Eldor Shomurodov qaytdi!

Eldor Shomurodov qaytdi!
"Kalyari" ertaga Italiya A Seriyasi 27-tur doirasida "Empoli"ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi.

Quvonarlisi, "orolliklar"ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng maydonga qaytishi mumkin.

"Kalyari" matbuot xizmati Eldor Shomurodov qaydnomada ekanligini va "Empoli"ga qarshi o‘yin uchun jamoa bilan birga uchib kelganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Empoli" — "Kalyari" o‘yini 3 marta kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov qaytdi!