2023 yilgi mavsumda 296 nafar futbolchi ilk professional shartnomasini tuzgandi. Liga keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti bilan hamkorlikda mazkur futbolchilar ma’lumotlarini o‘rganishga kirishdi.
O‘rganishlar natijasida 3 nafar futbolchining hujjatlarida tug‘ilgan yili yuzasidan tafovut borligi aniqlangandi. Mazkur futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazgan Superliganing ikki klubi hamda futbolchilarning o‘zi bu haqda rasman ogohlantirildi. Liga futbolchilarga muddat taqdim etib, barcha masala qonun doirasida hal etilishi lozimligini tushuntirdi.
Mazkur 3 futbolchidan 2 nafari o‘z aybiga iqror bo‘lib, masalani qonun doirasida hal etdi. "Bunyodkor" klubining U-19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan futbolchi esa Liga tomonidan berilgan muddat ichida ishni hal qilmadi. Ayni vaqtda futbolchi "Bunyodkor" bilan birga emas. Shunga qaramay, uning boshqa klub safida ehtimoliy ro‘yxatdan o‘tishi inobatga olinib, Liga Samarqand viloyati prokuraturasiga rasmiy murojaat yo‘lladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”