159
Vitaliy Levchenko: "Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vitaliy Levchenko ishtirok etdi.
"Bugun o‘yin qiyin bo‘lishini kutgandik. "Dinamo" 1-turda "Navbahor"ga yutqazgandi, raqib agressiv o‘ynaydi deb o‘ylagandik. Bizning vazifamiz emas bu bosimga dosh berish va qarshi hujumda gol urish edi. Bunga erishdik ham. Hozir biz uchun o‘yin sifati emas natija muhim", - dedi Vitaliy Levchenko.
- "Neftchi" tarkibi juda ham yaxshi, natijalar ham yaxshilanmoqda. Farg‘ona klubi nihoyat uzoq kutilgan chempionlikka erisha oladimi?
- "Neftchi" klubi oldiga doim katta vazifalar qo‘yiladi. Shonli tarixga ega klubning katta natijalarini takrorlashga urinamiz.
- Effiong Nsungusi haqida nima deya olasiz?
- Uni uzoq vaqtdan buyon kuzatgandik. O‘tgan yili ham unga qiziqqandik. Uning oldida ko‘plab takliflar bor edi. Bir amallab uni ko‘ndira oldik. Afsuski Turkiyadagi yig‘inimizda ishtirok eta olmadi. Sababi negadir nigeriyaliklarga Turkiya vizasini berishmaydi. Ikki marta urindik, baribir viza berishmadi. Futbolchi O‘zbekistonga uchib keldi va shartnoma tuzdik.
- "Navbahor" va "Paxtakor" o‘yinlarini ko‘rdingiz. Ular "Neftchi"dan kuchlimi?
- Bu mening ishim emas. Kim kuchliligini siz jurnalistlar aytishingiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”