«Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, futbol bo‘yicha mahalla terma jamoalari o‘rtasida ikki bosqichli «Mahalla ligasi» o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik beriladi.
Har yili 1 yanvargacha mahallalarda o‘tkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasi tasdiqlanadi.
Mahalla terma jamoalarining 12–15 yosh toifalari o‘rtasida ikki bosqichli «Mahalla ligasi» va 16–30 yosh toifalari o‘rtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2024/2025 o‘quv yiligacha «Mahalla ligasi» musobaqalarida o‘z iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yo‘naltirib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yildan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 8–11-sinf o‘quvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”