Grenke Chess Open—2024 yakunida Magnus Karlsendan agar jahon kubogidagi o‘rnini Nijat Abasovdan boshqa, “Talabgorlar turniri”da qatnashmayotgan, ammo bunga arziydigan shaxmatchiga berish imkoni bo‘lganida kimni tanlashi haqida so‘raldi.
“Hech kimdan uning o‘rnini tortib olish niyatim yo‘q, lekin hozirgi “Talabgorlar turniri”da qatnashmayotgan eng yuqori reyting egasi Abdusattorov degan bo‘lardim. Chunki u bu musobaqada yaxshi natija ko‘rsatish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxmatchi”,— deydi dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen.
Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov reyting jihatidan hozir dunyoda 4-raqamli shaxmatchi hisoblanadi.
Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilgan Prague Chess Festival—2024 turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bosh sovrin sohibi bo‘lgan edi.
2024 yilning noyabr oyida Hindistonda Freestyle Chess GOAT World Series'ning navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi.
Turnirning mukofot jamg‘armasi 500 ming dollar deb belgilangan musobaqada o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etadi.
Hozirgacha Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura, Nodirbek Abusattorov, Ding Lijen, Alirizo Firouzja, Uesli So, Ian Nepomnyashiy, Vey Yi, Arjun Erigaisi va Vishvanatan Anand taklifni qabul qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi