
Foto: Euronews
Fransiyalik 34 yoshli sportchi Anuk Garne Parijdagi Eyfel minorasining ikkinchi qavatiga ko‘tarilib, erkaklar va ayollar o‘rtasida arqonda ko‘tarilish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Sportchi qo‘llarining kuchidan foydalanib, 18 daqiqada 110 metr balandlikka ko‘tarilgan.
Mazkur tadbirdan maqsad “Saratonga qarshi liga” uchun mablag‘ yig‘ishdir.
?? Félicitations à @AnoukGarnier pour son record du monde ! 110 mètres de corde raide grimpés à mains nues en seulement 18 minutes ??
— La tour Eiffel (@LaTourEiffel) April 10, 2024
?Congratulations to Anouk Garnier who beats the #worldrecord! 110m of tightrope climbed with bare hands in just 18 minutes ?
?️@ridingzone pic.twitter.com/Bu99v1K4zv
To‘siqlardan yugurish bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Garne bir yil davomida mashg‘ulot o‘tkazgan.
"Ushbu rekordga erishish yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklar bo‘lgan. Lekin men hech qachon bunga ishonishdan to‘xtamaganman. Mening aql bovar qilmas orzularim ro‘yobga chiqdi", — deydi Garne.
Avvalgi jahon rekordi janubiy afrikalik sportchi Tomas van Tonderga tegishli bo‘lib, u 2020 yilda Yoxannesburgdagi Soweto Towers o‘rtasida arqonda 90 metrga ko‘tarilgan edi.
Fransiyalik SportchiEyfel MinorasiJahon RekordiArqonda Ko‘tarilishSport TadbiriMablag‘ Yig‘ish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar