16:43 / 14.04.2024
62

Germaniyada kun o‘yinlari: to‘rtinchi o‘rin uchun poyga

Germaniyada kun o‘yinlari: to‘rtinchi o‘rin uchun poyga
Shanba oqshomida Germaniya futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin.

«Bavariya» — «Kyoln» 2:0
Gollar
: Gerreyru (65), Myuller (90+3).
«Bavariya» – Ulrayh, Dayer, de Ligt (Upamekano, 61), Mazraui (Devis, 62), Gerreyru (Laymer, 79), Pavlovich (Goretska, 79), Kimmix, Myuller, Koman (Musiala, 50), Keyn, Tel.
«Kyoln» – Shvebe, Shabo, Hyubers, Finkgrefe, Kayns (Valdshmidt, 54), Lyubichich, Kristensen, Tilmann (Hayns, 76), Mayna (Shmits, 67), Alidu (Dauns, 76), Adamyan (Tigges, 67).
Ogohlantirishlar: Kristensen (5), Mayna (30), Adamyan (36).

Diskvalifikatsiyaga uchragan Tomas Tuxelsiz maydonga tushgan «Bavariya» «Bayer»ga o‘ynamasdan chempion bo‘lishga yo‘l qo‘ymadi. Shu bilan birga, buni myunxenliklarning oson g‘alabasi deb ham bo‘lmaydi, mezbonlar «Kyoln»ni taslim etishi uchun bir bir soatdan ko‘proq vaqt talab etildi. Qolaversa, hal qiluvchi gol — burchak zarbasi nostandart tarzda ijro etilishi orqali urildi. Kimmih to‘pni havodan oshirib berish o‘rniga Rafael Gerreyruga yetkazib berdi va portugaliyalik himoyachi uni chiroyli zarba bilan olis burchakka yo‘naltirdi. O‘yin yakuniga oz vaqt qolganida esa Myuller mehmonlar himoyasidagi tartibsizlikdan foydalanib qoldi. Endi Leverkuzen chempion bo‘lish uchun bugun o‘z o‘yinida «Verder» ustidan g‘alaba qozonishi talab etiladi.

«Leypsig» — «Volfsburg» 3:0
Gollar
: Olmo (13), Sheshko (68), Openda (82).
«Leypsig» – Gulachi, Simakan (Klostermann, 79), Orban, Lukeba, Henriks, Shlager (Zayvald, 76), Olmo, Aydara (Bitshiabu, 86), Simons, Openda (Elmaz, 86), Sheshko (Baumgartner, 76).
«Volfsburg» – Pervan, Fisher (Mele, 66), Seziger, Bornauv, Yens (Svanberg, 55), Gerardt, Baku (Tiagu Tomash, 78), Arnold, Vranks, Berens (Vind, 78), Sarr (Mayer, 55).
Ogohlantirishlar: Fisher (25), Berens (25), Shlager (27), Yens (35), Svanberg (85).

«Borussiya» M — «Borussiya» D 1:2
Gollar
: Veber (36) — Zabitser (22, 28 penalti).
«Borussiya» M – Omlin, Layner (Chvanchara, 64), Elvedi, Fridrix, Veber (Sebatsho, 75; Herrmann, 85), Nets, Itakura, Vaygl (Rayts, 74), Onora, Ngumu (Xak, 64), Plea.
«Borussiya» D – Kobel, Zyule, Shlotterbek, Matsen (Ryuerson, 46), Zabitser, Brandt (Nmecha, 71), O‘zjan, Volf, Adeyemi, Bayno-Gittens (Malen, 54), Aller (Mukoko, 10; Hummels, 71).
Ogohlantirishlar: Matsen (14), Adeyemi (45+4), Itakura (84), Nmecha (90+4).
Chetlatish: Adeyemi (55).

To‘rtinchi o‘rin va Chempionlar yo‘llanmasi uchun kechayotgan qizg‘in kurashda bu turda ham «Leypsig» dastlabki qadamni tashladi. Dastlab Dani Olmo jarima maydoni yaqinida to‘pni qabul qilib olib, himoyachining faol qarshiligiga qaramasdan to‘pni pastki burchakka yo‘lladi. Dortmund esa «Borussiya» jamoalarining parallel kechgan derbisida Zabitserning dubli bilan javob qaytardi. Avstriyalik yarimhimoyachining birinchi goli juda chiroyli chiqdi. U o‘tkir burchakda turib Shlotterbekning olisdan uzatib bergan to‘pni to‘xtatmasdan darvoza to‘riga joyladi. Uning penaltidan urgan ikkinchi goliga gladbahliklar Veberning goli bilan javob qaytardi, shu tufayli ikki o‘yinda ham jamoalar tanaffusga minimal ustunlik bilan yo‘l olishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa kichik «Borussiya» darvozasiga ikkinchi penalti qo‘yildi. Bu vaziyatda darvozabon to‘pga o‘ynagan va shundan keyingina inersiya bo‘yicha Adeyemi bilan to‘qnashgandi, VAR faqat Zabitser «nuqta»dan to‘pni darvozaga yo‘llaganidagina arbitrga bu haqda xabar berdi. Bu vaziyatda aloqa pand bergan, ammo baribir xato tuzatilib, gol bekor qilindi, bu esa intriga so‘nggi daqiqalarga qadar saqlanib qolishini ta’minladi. O‘yinlarning qolgan qismida «Leypsig» «Volfsburg»ni yirik hisobda tor-mor etdi, «asalarilar» esa ozchilik bo‘lib qolib (55-daqiqada Adeyemi chetlatildi) qo‘shimcha daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan boy berishiga bir baxya qoldi. Ammo ikki raqobatchi ham yakunda o‘z o‘rnida qoldi — ochkolar teng holatda «ho‘kizlar» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga turnir jadvalida «asalarilar»dan yuqorida joylashgan.

«Shtutgart» — «Ayntraxt» 3:0
Gollar
: Girassi (11), Undav (17), Leveling (37).
«Shtutgart» – Bredlov, Stergiu, Anton, Ito, Mittelshtedt, Karazor (Dahud, 78), Shtiller, Fyurix (Miyo, 66), Leveling (Shtensel, 90), Girassi (Mvumpa, 90), Undav (Chon Vu Yon, 78).
«Ayntraxt» – Trapp, Buta, Kox, Pacho, Nkunku (Maks, 66), Hasebe (Mladenovich, 85), Larsson (van de Bek, 66), Shaibi, Marmush, Knauff (Ekitik, 46), Baoyya (Kollinz, 65).
Ogohlantirishlar: Nkunku (23), Knauff (25), Hasebe (50), Shtiller (75).

«Shtutgart» esa o‘zini uchinchi o‘rinda ancha xotirjam his qilmoqda. Shvablar shanba kungi o‘yinda katta kuch sarflamasdan, birinchi bo‘limdayoq uch gol urgan holda g‘alaba qozondi. Odatdagidek jamoaning asosiy hujumchilari masalani hal qilishdi. Hisobni ochgan Girassi bir mavsumda 25 gol urish orqali klub rekordini o‘rnatdi. Undav esa 1996 yildan buyon bundesligadagi debyut mavsumidayoq 16 gol urgan ilk germaniyalik futbolchi bo‘ldi.

Uning o‘tmishdoshi JARda tug‘ilgan va Germaniya fuqaroligini qabul qilgan Shon Dandi bo‘lgan. Undavning faoliyati ham nostandart kechgan. U bir necha yilni quyi ligalarda o‘tkazgan, u yerdan Belgiyaning «Yunion» klubiga taklif olgan. U bilan jamoa ikkinchi diviziondan chiqib, hozirgi darajasiga yetishgan, Undav ham futbolchilarni rivojlantirish tizimi bo‘yicha ko‘tarilib,«Brayton» safiga o‘tgan, bu ikki klub egasi bir kishi hisoblanadi. Shunday qilib, Deniz o‘z vatanida yuqori divizionda 27 yoshida debyut qilishga erishadi, uning muvaffaqiyatl debyuti milliy jamoadan chaqiruv olishiga olib keldi va u endi Yevro-2024 turnirida ishtirok etishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Germaniyada kun o‘yinlari: to‘rtinchi o‘rin uchun poyga