00:00 / 28.04.2024
191

Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"

Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"
Qatar maydonlarida o‘tayotgan U23 Osiyo Kubogida terma jamoamiz yarim finalga yo‘l oldi.

Guruh bosqichini 100 foizli natija bilan tugatgan futbolchilarimiz chorak finalda asosiy raqiblardan biri Saudiya Arabistoni termasini 2:0 hisobida taslim qildi. Ammo bellashuv qiyin o‘tdi. Shungat qaramay, yigitlarimiz o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqladilar.

Avvaliga Xusayn Norchayev birinchi bo‘limda hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim oxirlarida Umarali Rahmonaliyev hammasiga nuqta qo‘ydi. “Rubin” futbolchisi hisoblangan Rahmonaliyev ayrim savollarga javob qaytardi.

- Umarali, jiddiy bahsda qo‘lga kiritilgan muhim g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga qisqacha qanday ta’rif berasiz?
- Assalomu alaykum. Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. O‘ylashimcha, o‘yin har doimgidek shiddatli, hamma kutgandek o‘tdi.

- Ikki yil oldin yurtimizda o‘tkazilgan Osiyo chempionati finalida saudiyaliklarga alamli tarzda mag‘lub bo‘lgandik. O‘sha o‘yin uchun revansh olish tuyg‘usi sizlarni qamrab olganmidi?
- O‘sha uchrashuv barchani kechagidek yodida. Shu sababdan biz va muxlislar uchun prinsipial ahamiyatga ega o‘yin bo‘lishi mumkin. Lekin baribir bizning muvozanatimiz murabbiylarimizni bergan g‘oyalari bilan to‘lgan edi.

- Terma jamoamizni endi yarim finalda Indoneziya kutyapti. Rosti, bu raqibni shu yergacha yetib kelishini kutganmidingiz? Ular koreyaliklarni ortda qoldirishdi...
- Ha, keyingi raqib Indoneziya. Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi. Indoneziyani avvalgi uchrashuvlarini ham ko‘rdik. Yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda. Shu bois har doim raqib jamoani o‘rganib, hurmat qilgan holatda bellashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Yarim final oldidan nima degan bo‘lardingiz?
- Hamma narsa maydonda hal bo‘ladi, deb bekorga aytishmaydi. Oldindan o‘y hayollarga ketmasdan bor e’tiborimizni o‘yinlarga qaratamiz. Niyatimiz nasib bo‘lsa, yuzimiz yorug‘ holatda Vatanimizga qaytish.

Shuhratbek Jo‘rayev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi"