Bugun OFK Ijroiya qo‘mitasi Tailand poytaxti Bangkokda bo‘lib o‘tgan uchinchi yig‘ilishida OFK Ayollar futbol qo‘mitasi 2026 va 2029 yillarda bo‘lib o‘tadigan OFK ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi mezbonlarini tasdiqladi.
Unga ko‘ra, 2026 yilgi turnir Avstraliyaga topshirilgan bo‘lsa, 2029 yilgi qitʼa musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi. O‘z o‘rnida, OFK prezidenti ushbu turnirlar yuqori darajada tashkil etilishiga ishonch bildirdi.
Mazkur marosimda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi. OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa har ikki mezbonlarni tabrikladi.
"Osiyo Futbol Konfederasiyasi (OFK) nomidan 2026 yilgi mavsumni o‘tkazish bo‘yicha daʼvogarlar – Iordaniya, Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonga minnatdorchilik bildiraman. Avstraliya futboli va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasini mos ravishda 2026 va 2029 yillarda AFC Ayollar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi mezboni sifatida tasdiqlangani bilan samimiy tabriklayman.
“Osiyoda ayollar futbolining rivojlanishi so‘nggi yillarda nihoyatda o‘sdi va shu yil oxirida O‘zbekistonda ayollar o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi o‘tkazilishi monumental qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi nashriga mezbonlik qilgan Avstraliya tarixda ikkinchi marta qitʼaning birinchi ayollar terma jamoalari musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Ishonchim komilki, biz 2026 yilda Avstraliyada ayollar o‘yiniga bo‘lgan eʼtiborni, 2029 yilda O‘zbekistonda kutilganidan ham aʼlo darajadagi musobaqani ko‘ramiz. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Bayden hozircha Ukrainani NATOga taklif etishga chaqirmaslikka qaror qildi
Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin murabbiy futbolchilarni qamab qo‘ydi
Putin davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga bordi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi