
«Borussiya» ustozi Edin Terzich nima sababdan jamoasi «Real»ga mag‘lub bo‘lganini tushuntirib berdi.
«Ajoyib o‘yin ko‘rsatdik. Bugun biz ko‘prog‘iga loyiq edik. Bahsning ilk soniyalaridan boshlab, to‘p bizning nazoratda edi. G‘alaba uchun maydonga tushdik. Biz ko‘p narsani to‘g‘ri amalga oshirdik, biroq kerakli vaqtda sovuqqon bo‘la olmadik. Aynan shu narsa bugun bizga yetishmadi. Keyin uchrashuv taqdirini standart vaziyatlar o‘zgartirib yubordi.
Biz bugungi mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz kerak. Yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik, biroq futboldagi eng kerakli ishni — gol urishni uddalay olmadik», — dedi Terzich. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar