date
views 237

UFC 302 turnirining bonuslari e’lon qilindi

UFC 302 turnirining bonuslari e’lon qilindi
AQSHning Nyu-Jersi shtatida O‘zbekiston vaqti bilan 2 iyun tongida UFC 302 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi Islom Maxachev va Dastin Pore o‘rtasida kechdi. Dog‘istonlik sportchi 5-raundda Poreni bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi.

Turnirning bonuslari e’lon qilindi. Kevin Holland va Mixal Olekseychuk qarama-qarshiligi eng yaxshilardan biri deb topildi va 50 ming dollar bonus ajratildi. Holland 1-raundda Olekseychuk ustidan g‘alaba qozongandi.

Islom Maxachev va Dastin Pore qarama-qarshiligi kechaning eng yaxshi jangi deb topildi. Ushbu jang ishtirokchilariga ham 50 ming dollar bonus berildi.

UFC 302 turnirining boshqa natijalari bilan tanishing:

- Shon Striklend (28-6) to‘liq davom etgan jangda Paulo Kosta (14-3) ustidan ochkolar evaziga g‘alaba qozondi;
- Jailton Almeyda (21-3) Aleksandr Romanovni (17-3) 1-raundda bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etdi;
- Rendi Braun (19-5) Elizeu Zaleski dos Santosni (24-8-1) ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi;
- Roman Kopilov (13-3) Sezar Almeydani (5-1) ochkolar hisobiga mag‘lub etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC 302 turnirining bonuslari e’lon qilindi