
Chechenistonlik MMA jangchisi Zubayra Tuxugov rasman faoliyatini yakunladi. Bu haqda uning menejeri Rizvan Magomedov xabar berdi.
"Zubayra faoliyatini to‘xtatdi. Biz u bilan birga ishlashda davom etamiz. Unga yordam beramiz", – deya Magomedovning so‘zlarini keltiradi TASS axborot agentligi.
Ma’lumot uchun, Zubayra Tuxugov o‘tgan yili UFC rosteridan o‘chirilgandi. U so‘ngi jangini "UFC 284" turnirida o‘tkazgan va braziliyalik Elvis Brenerga hakamlarning alohida qarori bilan imkoniyatni boy bergandi.Tuxugov faoliyati davomida 27 ta jang o‘tkazib, 20 g‘alaba va 7 mag‘lubiyat qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar