111
Superliga. “Navbahor” turning markaziy o‘yinida durang o‘ynadi, “Nasaf” esa mag‘lubiyatga uchradi
Foto: PFL
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 16 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Navbahor” safarda “Paxtakor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvda hisob ochilmadi va durang natija qayd etildi.
Turning yana bir o‘yinida “So‘g‘diyona” “Nasaf”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 18-daqiqasida jizzaxliklar futbolchisi Lyupcho Doriyev hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda “So‘g‘diyona” futbolchisi Otabek Ahadov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. O‘yin oxirida esa jizzaxliklarning yana bir a’zosi Samandarjon Mavlonqulov maydondan chetlatildi. Qarshiliklar uchrashuvda darvoza tomon yo‘l topolmadi.
Shu tariqa “So‘g‘diyona” o‘zida minimal hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Bugungi bahslardan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:
“Paxtakor” – “Navbahor” 0:0
“Paxtakor”: 35. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruzbek Asqarov, 3. Shahzod Azmiddinov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 10. Dragan Cheran, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Dostonbek Hamdamov, 22. Umar Adhamzoda (7. Hojiakbar Alijonov, 90+5), 27. Sardor Sobirxo‘jayev (18. Saidumarxon Saidnurullayev, 85), 31. Muhammadali Usmonov (8. Diyor Xolmatov, 76), 55. Muhammadrasul Abdumajidov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (8. Siyavash Haqnazari, 85), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobirjonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 56), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Toma Tabatadze (33. Shodiyor Shodiboyev, 69), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov (6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 69).
Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo‘jayev (33), Umar Adhamzoda (58), Jamshid Boltaboyev (64), Farruh Sayfiyev (76), Shodiyor Shodiboyev (90+4).
“So‘g‘diyona” – “Nasaf” 1:0
Gol: 1:0 — 18 Doriyev.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 2. Sardor Qulmatov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 6. Alisher Salimov (5. Jasurbek Yoqubov, 56), 8. Vladimir Yovovich (17. Samandar Sindarov, 79), 11. Zoran Petrovich (9. Samandarjon Mavlonqulov, 46), 14. Lyupche Doriyev, 28. Stanislav Andreyev (18. Mirjalol Abdumutalov, 85), 32. Nodirjon Soyibov, 33. Oleg Zoteyev.
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne’matov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 6. Murodbek Rahmatov (27. Islom Kenjaboyev, 59), 7. Akmal Mozgovoy, 8. Zafarmurod Abdirahmatov (22. Igor Golban, 46), 9. Javohir Sidiqov (88. Marko Stanoyevich, 46), 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Viktor Da Silva (70. Jambuli Jigauri, 10), 28. Shuhrat Muhammadiyev, 34. Sherzod Nasrullayev.
Ogohlantirishlar: Murodbek Rahmatov (58), Samandarjon Mavlonqulov (69).
Chetlatishlar: Otabek Ahadov (54), Samandarjon Mavlonqulov (90+1). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»