21:35 / 01.07.2024
77

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 5-turi doirasidagi qoldirilgan "Neftchi" - "Paxtakor" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv "sherlar"ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

16-daqiqada Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqada Doniyor Abdumannopov jarima maydoni tashqarisidan super zarba yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar ketma-ket hujumlar uyushtirdi. Biroq bu hujumlar samara bermadi.

Shu tariqa, Maksim Shatskix shogirdlari birinrchi davrani g‘alaba bilan yakunladi.

"Neftchi" – "Paxtakor" 0:2
Gol
: 0:1 — 16, Dostonbek Hamdamov, 0:2 — 40, Doniyor Abdumannopov.

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo‘raboyev, 4.Boyan Siger, 7.Jasur Jaloliddinov, 9.Husayn Norchayev (28.Behruz Oblaqulov, 64), 17.Sanjar Qodirqulov, 20.Anvar G‘ofurov (11.Javohir Qahramonov, 46), 21.Muhsin Ubaydullayev, 55.Manuchehr Safarov (19.Mirzohid G‘ofurov, 57), 70.Abbos G‘ulomov (3.Jaloliddin Jumaboyev, 75), 99.Nsungusi Effiong (77.Bilolxon Toshmirzayev, 46).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Ketelin Karp, 14.Xurshid Muxtorov, 18.Mixay Roman.

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 3.Shahzod Azmiddinov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov, 10.Dragan Cheran, 17.Dostonbek Hamdamov (2.Behruz Asqarov, 84), 22.Umar Adhamzoda, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (19.Sunnatilla Poyonov, 88), 33.Doniyor Abdumannopov (31.Muhammadali Usmonov, 63), 55.Muhammadrasul Abdumajidov.
Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 15.Diyorbek Ortiqboyev, 18.Saidumarxon Saidnurullayev, 20.Dilshod Abdullayev, 80.Behruz O‘ktamov, 99.Abbos Ergashboyev.

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (4), Umar Adhamzoda (14), Diyor Xolmatov (60), Shahzod Azmiddinov (63).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" safarda "Neftchi"ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi