05:48 / 02.07.2024
59

Vitaliy Levchenko: "Qarshi hujumda o‘tkazib yuborilgan gollar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi"

Vitaliy Levchenko: "Qarshi hujumda o‘tkazib yuborilgan gollar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi"
Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- O‘yin biz uchun kutilmagan boshlandi. Qarshi hujumlarda gollar o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limning o‘zida "Paxtakor" jamoasi ikkita qarshi hujumdan unumli foydalanib ketdi. Bilasizmi, birinchi golni o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng Norchayevning vaziyatida hisobni tenglashtirganimizda umuman boshqacha o‘yin bo‘lardi. Yaxshi vaziyat edi, biroq yakuniy zarbaga aniqlik yetishmadi.

Ikkinchi bo‘limda "Paxtakor"ning uslubi keskin o‘zgarib ketdi. Rejamizda vaziyatga qarab ikkinchi raqamli uslub ham bor edi. Jamoa deyarli oldinga chiqmay qo‘ydi. Shunday bo‘lsa ham hujumlarda omadimizni qidirdik, biroq o‘xshamadi.

- "Neftchi"dagi muammolar aniq nimalardan iborat?

- Tarkibdagi yo‘qotishlar, jarohatlar va charchoq. Asosiy tarkibni to‘liq o‘ynata olmayapmiz. Rotatsiyalar qilishga urinayapmiz, biroq ayrim joylarda mahorat yetishmayapti. Har bir vaziyatni tahlil qilib boramiz, kerakli choralarni qo‘llashga intilamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Qarshi hujumda o‘tkazib yuborilgan gollar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi"