O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parij Olimpiadasiga boradigan 22 nafar futbolchi nomini e’lon qildi.
Foto: “O‘FA”
Ushbu ro‘yxatdan bir futbolchi – Alibek Davronov tushib qoldi. U jarohat sabab Parijga yo‘l oladigan tarkibdan o‘rin olmadi.
Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar musobaqada ishtirok etishi mumkin. Bosh murabbiy bundan imkoniyatni Eldor Shomurodov, Oston O‘runov va Husniddin Aliqulovga berishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasida O‘zbekiston U23 jamoasi Olimpiadada C guruhidan joy oldi. O‘zbekiston U23 termasi guruhda Ispaniya, Dominikan va Misr kabi terma jamoalar bilan bahs olib boradi. Ispaniya bilan o‘yin 24 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, turnir davomida 18 nafar futbolchi yakuniy ro‘yxatdan joy oladi. Temur Kapadze jamoasi 11 iyul kuni Parijga uchadi. Olimpiada oldidan 15 iyulda Gvineya, 18 iyulda Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi