Lionel Messi Amerika Kubogi finali oldidan xotirjam ekanligini aytdi. Bu final forvard uchun Argentina terma jamoasidagi o‘ninchisi (yoshlar va olimpiya jamoasini hisobga olsa) bo‘ladi.
"Har doimgidek xotirjamman va final startini kutyapman. Biz boshdan kechirgan voqealardan so‘ng hozir ancha sokinroqman.
Har ondan ko‘proq rohat olishga harkat qilyapman. Final boshlanishi bilan bor e’tiborni o‘yinga qarataman.
Urugvay - Kolumbiya o‘yinini ko‘rdim. Ikkala jamoaga qarshi qiyin bo‘lishini bilardik. Kolumbiya anchadan beri mag‘lub bo‘lmayapti, futbolchilari juda kuchli. Bu final. Final - har doim alohida bahs bo‘lgan. Biz tayyormiz.
Oxirgi finallar oldidan yaxshi uxlaganman, muammo bo‘lmagan. Uzoq suhbatlashib, mate ichib, qarta o‘ynardik. Odatda kech uxlardik, lekin yaxshi dam olardik", - dedi Messi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi