09:17 / 14.07.2024
58

Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Kanadani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi

Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Kanadani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi
Futbol bo‘yicha Amerika Kubogining 3-o‘rni uchun kechgan bahsda Kanada va Urugvay terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Urugvay futbolchisi Rodrigo Bentankur hisobni ochdi. 22-daqiqada esa Ismael Kone muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim durang natija bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limni esa kanadaliklar faolroq o‘tkazdi va 80-daqiqaga kelib, hisob o‘zgardi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Jonatan Devid Kanadani hisobda oldinga olib chiqdi.

Hakam qo‘shib bergan daqiqalarda esa Luis Suares darvozani ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa g‘olib nomi penaltilarda aniqlanadigan bo‘ldi.

Penaltilar seriyasida esa Urugvay 4:3 hisobida zafar quchib, musobaqaning 3-o‘rin egasiga aylandi.

Musobaqaning finalida esa Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan 15 iyul tongida 05:00 da start oladi.

Amerika Kubogi—2024
3-o‘rin uchun bahs

14 iyul, yakshanba

Kanada – Urugvay 2:2 (Penalti - 3:4)
Gollar
: 0:1 – 8 Bentankur, 1:1 – 22 Kone, 2:1 – 80 Devid, 2:2 — 90+2 Suares.

Kanada: Sent-Kler, Jonston (Devis, 62), Lumpungu, de Fujrol (Kornelius, 67), Lareyya, Ahmed (Millar, 77), Osorio (Beyr, 77), Shuene, Kone, Shaffelburg, Oluvaseyi (Devid, 67).

Urugvay: Rochet, Ximenes, Kaseres, Vinya (Olasa, 66), Bentankur, Valverde, Ugarte (de Arraskaeta, 46), Nandes, Arauxo (Olivera, 61), Pelistri (Rodriges, 61), Nunes (Suares, 46).

Ogohlantirishlar: de Fujrol (7), Vinya (26), Oluvaseyi (63), Kone (78), Bentankur (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Amerika Kubogi—2024. Urugvay penaltilar seriyasida Kanadani mag‘lub etib, 3-o‘rin sohibiga aylandi