“Bunyodkor”ning OChL-2015dagi raqiblari o‘z chempionatlarida navbatdagi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi.
Qatar chempioni “Lahviya” klubi 20-tur doirasida quyi pog‘onalardan birini egallab turgan “Al-Haritiyat” jamoasi bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida ustun keldi. O‘yin taqdirini hal qilgan yagona golga 54-daqiqada Sebastyan Soriya mualliflik qildi. “Lahviya”ning ochkolari soni 48taga etdi va Mixail Laudrup shogirdlari musobaqa jadvalida eng yaqin ta’qibchisi “Al-Sadd”ni 4 ochkoga ortda qoldirishgan holda yakka peshqadam bo‘lib turishibdi.
Qatar yulduzlar ligasi, 20-tur
“LAHVIYa” – “AL-HARITIYaT” 1:0
Gol: Sebastyan Soriya 54
“Lahviya” tarkibi: 40.Lekomte-Addani, 4.Chiko Flores, 24.Halid Radvan (20.Hassan Affif 71), 79.Vladimir Vayss, 10.Tay Xi Nam (70.Ismoil Muhammad 63), 7.Halid Muftah, 12.Karim Boudiaf, 8.Luiz Seara, 23.Sebastyan Soriya, 14.Tresor, 9.Abdulrahmon Mohd (28.Yunus Msakni 64)
Saudiya Arabistoni chempionatining 18-turida “Al-Nasr” jamoasi autsayder “Al-Shoalah”ni qabul qilib, yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Al-Nasr”ning ochkolari soni 45taga etdi va musobaqa jadvalidagi o‘z peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.
Saudiya Arabistoni chempionati, 18-tur
“AL-NASR” – “AL-ShOALAH” 5:0 (2:0)
Gollar: Mirjeevski 14 (1:0), Mirjeeevski 45+2 (2:0), Al-Sahlavi 70 (3:0), Estoyanoff 74 (4:0), Estoyanoff 82 (5:0)
“Al-Nasr” tarkibi: 22.Al-Enazi, 24.Xusayn Abdulg‘ani, 2.Muhammad Xusayn, 12.Holid Al-G‘amdi, 4.Omar Xavsavi, 6.Mirjeevski (99.Hasan Al-Rahab 59), 15.Ahmad Al-Fraydi, 26.Ali-Sharahli (16.Al-Jebrin 73), 27.Faraj, 18.Vila (11.Estoyanoff 46), 10.Al-Sahlavi
Eronning “Persepolis” klubining ichki musobaqalardagi ishlari yurishmayapti. Tehronliklar bu safar 22-turda “Traktor Sozi” mehmoni bo‘lishib, navbatdagi ochkolarni boy berdilar. “Persepolis” 22 uchrashuvda 26 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 9-pog‘onasini band etib turibdi.
Eron chempionati, 22-tur
“TRAKTOR SOZI” – “PERSEPOLIS” 1:0
Gol: Sohibi 62
“Persepolis” tarkibi: 1.Makani, 4.Umyana, 99.Xotami, 2.Alishoh, 14.Muhammad Nuri, 6.Bengar, 5.Jafarpur (3.Xonzoda 62), 11.Sodeg‘ian, 66.Fernando Gabriel, 18.Kashgari, 22.Tadeu
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?