23:49 / 07.08.2024
199

Dunyoning eng uzun ralli musobaqasi O‘zbekiston orqali o‘tadi

Dunyoning eng uzun ralli musobaqasi O‘zbekiston orqali o‘tadi
Foto: CNN Türk
Dunyoning eng uzun rallisi bo‘lgan uchinchi İpek Yolu Rally musobaqasi Turkiyaning Istanbul shahrida start oldi.

Poygada 7 davlatdan 30 sportchi ishtirok etadi. Ralli 28 avgust kuni Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar Turkiyadan keyin Eron, Ozarboyjon, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yetib boradi.

Yevropa Ittifoqi va Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida «Sharq-G‘arb do‘stlik va tinchlik rallisi» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqaning ochilish marosimida uyushma prezidenti Nodir Serin, konsullik vakillari, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar vakillari va nodavlat tashkilotlarining rahbarlari, shuningdek, ko‘plab poygachilar qatnashdi.

«Bizda yetti xil davlatdan ishtirokchilar bor: Germaniya, Italiya, Avstriya, Moldova, Fransiya, Angliya va Turkiya. Markaziy Osiyo biz uchun notanish, ammo nihoyatda ajoyib yer. Bu bizning mintaqaga uchinchi safarimiz bo‘ladi. Biz bu mintaqaga Sharq va G‘arb sivilizatsiyasi tufayli ketyapmiz. Biz chin dildan o‘z hissamizni qo‘shishga va ilgari qarama-qarshi bo‘lgan bu ikki sivilizatsiya o‘rtasida ko‘prik bo‘lishga umid qilamiz», dedi Serin ochilish marosimidagi nutqida.

Marosimdan so‘ng, ralli ishtirokchilari Sultonahmet maydonidan yo‘lga chiqdi. Istanbuldan keyingi bekat Anqara bo‘ladi, 15 avtomobil va 30 nafar ishtirokchi uzoq safarga yo‘l oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng uzun ralli musobaqasi O‘zbekiston orqali o‘tadi