11:00 / 10.08.2024
78

Parij-2024. Bugun badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamiz finalda ishtirok etadi

Parij-2024. Bugun badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamiz finalda ishtirok etadi
Parijda yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga yetib bormoqda. Hozirdan aytish mumkinki, O‘zbekiston uchun mazkur Olimpiada tarixiy musobaqaga aylandi. Vakillarimiz shu paytgacha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda 5 ta oltin va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Kecha tunda ikki nafar bokschimiz — Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonov oltin medalni qo‘lga kiritishib, bu galgi natijamiz tarixiy bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Shu paytgacha O‘zbekistonning Olimpiadadagi eng yaxshi natijasi 2016 yil Rioda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda o‘zbekistonlik sportchilar 4ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalni qo‘lga kiritishgan edi.

Bugun yana bir qator vakillarimiz hal qiluvchi bellashuvlarda qatnashishadi. Jumladan, yengil atletika, zamonaviy beshkurash, taekvondo, og‘ir atletika, badiiy gimnastika, sport kurashlari va boks.

Bular orasida badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamizni alohida qayd etish kerak. Kecha bizning qizlarimiz finalga yo‘l olishdi.

Foto: O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi
Guruh mashqi ko‘pkurash dasturida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi a’zolari Mumtoza Is’hoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans hamda Amaliya Mamedova umumiy 64.000 ball to‘pladi va 7-o‘rinni egallab, finalga chiqdi. Badiiy gimnastika sport turida raqobat juda ham kuchli ekanini inobatga olinsa, bu juda ham yaxshi natija.

2016 yil Riodagi Olimpiadada badiiy gimnastika terma jamoamiz umumiy chiqishda 12-o‘rinni egallashgan edi. 2020 yilgi Tokio olimpiadasida esa umumiy chiqish bo‘yicha 9-o‘rin zabt etilgan. Ko‘rin turganingizdek, natijalarimiz Olimpiadadan olimpiadagacha yaxshilanib bormoqda.

Bugun badiiy gimnastika bo‘yicha 8 ta jamoa ishtirokidagi final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi. Qizlarimizning chiqishlari kechga yaqin — soat 17:00 ga mo‘ljallangan.

Badiiy gimnastika terma jamoamizga omad tilaymiz. Umid qilamizki, sporchti qizlarimiz finalda munosib qatnashib, delagatsiyamiz muvaffaqiyatiga o‘z hisslarini qo‘shadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij-2024. Bugun badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamiz finalda ishtirok etadi