13:03 / 25.08.2024
15

Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘i nabirasiga qarshi revansh jangida ishtirok etdi

Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘i nabirasiga qarshi revansh jangida ishtirok etdi
Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Fleyd Meyvezer Jon Gotti III ga qarshi revansh jangida ishtirok etdi.

Jang “Syudad de Mexiko” arenasida bo‘lib o‘tdi. Bu Meyvezer va Jon Gotti III o‘rtasidagi ikkinchi ko‘rgazmali jang edi.

8 raundlik jangda (har biri 2 daqiqadan davom etdi) Meyvezer yaxshiroq harakat qilgan bo‘lsa-da, jang natijasi e’lon qilinmadi.

Hatto, ikkinchi raundda kulguli voqea yuz berdi: hakam Floydga boshning orqa qismiga zarba bergani uchun ogolantirdi va shundan so‘ng darhol hakam boshqa bir hakamga almashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, Meyvezer va Gotti III o‘rtasida jang 2023 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tgan edi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning to‘rtinchi raundida raqiblar o‘zaro tortishib ketdi. Oltinchi raundda Jon qoidalarni doimiy ravishda buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingan. Shundan so‘ng Gotti III hakamning to‘xta ishorasiga bo‘ysunmay Floydga hujum qilgan.

Meyvezerning jamoasi va Gottining vakillari ham janjalga aralashgan. Shundan so‘ng ommaviy mushtlashuv boshlangan. Hakam esa jangni o‘tkazilmagan deb topgandi.

Ma’lumot uchun, sobiq MMA jangchisi Jon Gotti III Nyu-York mafiyasining boshlig‘i bo‘lgan marhum Jon Gottining nabirasi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Floyd Meyvezer mafiya boshlig‘i nabirasiga qarshi revansh jangida ishtirok etdi