Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida 7-18 sentyabr kunlari o‘tkazilgan 15-Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi bo‘lgan samolyot bugun, tonggi 06:15da Turkiya orqali Toshkentga xalqaro aeroportiga etib kelishdi. Ularni katta xursandchilik bilan kutib olishdi. Ular orasida Rioda o‘tgan Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarimiz ham bor edi. Bundan tashqari u erda O‘zbekiston san’ati vakillarini ham uchratish mumkin.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi musobaqa dasturiga kiritilgan sportning 5 ta turida (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish, og‘ir atletika) 32 sportchi bilan ishtirok etdi. Sportchilarimiz Paralimpiya o‘yinlarining 31 medalini ( 8 ta oltin, 6 ta kumush, 17 bronza) qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 200 yaqin ishtirok etgan davlatlar o‘rtasida 15-o‘rinni (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin), Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1-o‘rinni, MDH davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1-o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2-o‘rin (1-o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi. Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Bundan tashqari, g‘olib sportchilarimizni taqdirlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi imzolangan.
Unga ko‘ra, oltin medal olgan paralimpiyachilarga 200 ming dollar, kumush medal olgan paralimpiyachilarga 100 ming dollar, bronza medal olgan sportchilarga esa 75 ming dollar miqdoridagi pul mukofotlari tayinlangan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining 5-turida qanday natijadar qayd etildi?