Peruda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda yurtdoshimiz Sharifa Davronova uch hatlab sakrash dasturida g‘alaba qozonib, dunyo birinchiliklaridagi ikkinchi oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Davronova musobaqada 13.75 metr natija qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, u 2 yil muqaddam Kolumbiyadagi U20 jahon chempionatida ham oltin medal sohibi bo‘lgan edi.
Shuningdek, balandlikka sakrash dasturida medallar uchun kurash olib borgan Barnoxon Sayfullayeva 1.84 metrga sakrab, shaxsiy rekordini takrorladi. Afsuski, bu Sayfullayevaga sovrinli o‘rinlarga ko‘tarilish uchun kamlik qildi va u musobaqani 6-o‘rinda yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”