Foto: RIA Novosti
AQSH terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Maurisio Pochettino terma jamoalar tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylandi. Bu haqda ESPN telekanalining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.
Pochettino AQSH milliy jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Unga shu davr mobaynida 6 mln yevro maosh to‘lanadi. Hali hech bir terma jamoa bosh murabbiysiga buncha ko‘p pul to‘lanmagan.
Shu yilning may oyida Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Murisio Pochettino bilan mehnat shartnomasini bekor qilgandi. Uning shartnomasi muddati 2025 yilgacha edi. Bungacha argentinalik mutaxassis «Pari Sen-Jermen», «Tottenhem», «Sautgempton» va «Espanol»da ishlagan.
AQSH terma jamoasi 2026 yilgi mundial finalida mezbonlardan biri sifatida qatnashadi. Turnir AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi