10:33 / 14.09.2024
34

Vitaliy Levchenko: "To‘pni nazorat qilish o‘yinni yutish degani emas"

Vitaliy Levchenko: "To‘pni nazorat qilish o‘yinni yutish degani emas"
Superliganing 18-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan keyin "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin oldidan "Paxtakor" nimalar evaziga hujumga o‘tishi, o‘yin tashkil qilishi, bo‘sh hududlardan foydalanishini bilgandik. Shularni bilgan holda biz "Paxtakor" sevadigan bo‘sh hududlarni yopgan holda o‘yinga reja qildik. Dastlabki o‘yinda nima sababdan mag‘lub bo‘lganimizni taxlil qildik. Bugun esa o‘sha xatolarni qilmaslikka harakat qildik. Menimcha, bugun bu reja o‘xshadi. Ularga bo‘sh hududlar taqdim qilmadik va o‘zlari yaxshi ko‘radigan tezlikda o‘ynashiga yo‘l qo‘ymadik. Shu orqali munosib bo‘lgan 1 ochkoga ega chiqdik.

- Jasur Jaloliddinov borasida ma’lumot bormi? U qoldimi yoki ketdimi?

- Mening ham bu boradagi xabarlarim sizlar kabi. Jasur haqida hech nima bilmayman. U jamoa bilan emas. Shu sababli savolga to‘laqonli javob bera olmayman.

- Ikkinchi bo‘limda jamoa ko‘proq durangga o‘ynagandek tuyuldi. Birinchi bo‘limda esa hujumkorroq o‘yin ko‘rdik. Ikkinchi bo‘limdagi o‘yin murabbiylar tomonidan berilgan ko‘rsatmamidi?

- Yo‘q. Aksincha, biz kuchlarni yangilab oldik va kuchga to‘la Azizni hujumga chorladik. Afsuski, u o‘yinga qo‘shilib keta olmadi va biz kutgan samara bermadi. Shuningdek, bizda himoyadan hujumga tezkorlik bilan o‘tish rejamiz amalga oshmadi, ko‘proq vaqtimizni himoyada o‘tkazdik va qarshi hujumga chiqa olmadik. Lekin o‘yinga biz boshqacharoq yondashgandik.

- Savol Norchayev bo‘yicha. Eshitishim bo‘yicha uning sog‘lig‘ida muammolar bor va operatsiya qilingan.

- Ma’lumot to‘g‘ri. Birinchi navbatda viza bo‘yicha muammo bo‘ldi. Shengen vizasini olib, boshqa davlatda jarrohlik stoliga yotishi kerak edi. Shu sababli u bu yerga qaytib, shu yerda tiklanish jarayonlarini o‘tkazdi. Qachon u yaxshi bo‘lsa, safga qaytadi. Yaqin vaqtlarda u operatsiya qilinadi.

- Savolim o‘yin sifati bo‘yicha. Jamoada pasayish kuzatilayotgandek.

- Yo‘q. Biz doimo o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz. "Paxtakor"ga qarshi birinchi o‘yinda biz raqibga katta hududlar taqdim qilganmiz va ulardan foydalanib ketishgan. O‘yinni taxlil qilgan holda ularga qay tariqa bo‘sh hududlar bermaslikni ko‘rib chiqdik. Agarda zichroq o‘ynamasak, ular kichkina yoriqdan ham o‘tib keta olishlarini ko‘rdik. Bugungi o‘yinni statistikasini qarang, menimcha 70 foiz vaqt davomida "Paxtakor" to‘p bilan bo‘ldi. Lekin to‘pni ushlab turdi degani g‘alaba degani emas. Biz raqib kuchidan kelib chiqqan holda o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz.

- Bugun jamoa qimmatli ochkolarni boy berdi. "Neftchi"ning sovrinli o‘rinlar uchun imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Agarda turnir jadvaliga qarasangiz, tepada medallar uchun kurashayotgan jamoalar guruh bo‘lib olishganini ko‘rasiz. Umuman olganda imkoniyat bor ekan, taslim bo‘lmaymiz, jadvalda yuqoriroqqa ko‘tarilib, medallar olishga harakat qilamiz. Biz shu yo‘nalishda ishlayapmiz. "paxtakor"ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotish ham unchalik yaxshi natija emas. Biz barcha o‘yinlarda uch ochko uchun o‘ynayapmiz. Parallel o‘yinlarga qarasangiz, "So‘g‘diyona" so‘nggi daqiqalarda bir ochkoni ilib ketmoqda. U yerda ham kurash, bosim bo‘lgan. Hech qaysi jamoa ochkolarni osonlikcha berib qo‘yamayapti va jon-jahdi bilan kurashmoqda.

- Bugungi o‘yinda boshqa pozitsiya futbolchilari himoyada o‘ynashga to‘g‘ri kelganini ko‘rdik. Umuman olganda bu sizni qanoatlantirdimi? Kelasi o‘yinlarda markaziy himoyada yana asosiy futbolchilar o‘ynaydimi?

- Umid qilamizki, futbolchilar safga qaytadi. Zoir Jo‘raboyev yuzidan operatsiya bo‘ldi Malayziyada. Anvar G‘ofurov esa mushaklaridan jarohat olgan. Uning tiklanishi yaxshi ketyapti va kelasi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda. Ha, muammolar bor, lekin yigitlar buni tushungan holda sheriklari o‘rinni yopishini ko‘rsata olishdi va natijaga erishishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "To‘pni nazorat qilish o‘yinni yutish degani emas"