17:59 / 17.09.2024
46

Xose Venansio Lopes Niderlandiyani nega mag‘lub eta olmaganimiz va Paragvay terma jamoasi haqida nimalar dedi?

Xose Venansio Lopes Niderlandiyani nega mag‘lub eta olmaganimiz va Paragvay terma jamoasi haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Paragvayga qarshi uchrashuv oldidan saytimizga kichik intervyu berdi.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi o‘z yurishini boshladi. Niderlandiya terma jamoasiga qarshi kechgan dastlabki uchrashuv haqida gapirib o‘tsangiz?

- Mening fikrimcha, dastlabki uchrashuvda ba’zi bir qiyinchiliklarga duch keldik. Butun o‘yin davomida hisobda orta bordik, lekin raqibdan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdik. Niderlandiya deyarli hech qanday xavf tug‘dira olmadi, raqib faqatgina biz yo‘lgan qo‘ygan xatolardan foydalandi. Fikrimcha, o‘sha uchrashuvda g‘alaba qozonishga biz ko‘proq loyiq edik. Eng muhimi, hisobda ortda borishimizga qaramasdan, jamoa xarakter ko‘rsata oldi. Hech bo‘lmaganda durang qayd etdik.

- Niderlandiya ko‘proq himoyalandi, deb aytib o‘tdingiz. Bunday "avtobus" qo‘yib olgan jamoalarga qarshi qanday o‘ynashimiz mumkin? Biz Niderlandiya himoyasini nima sabab yorib o‘ta olmadik? Niderlandiyani mag‘lub etishga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?

- Bizga xalal bergan asosiy jihatlardan biri - biz hisobda ortda qolganimiz. Hisobda ortda borganimiz bizga ta’sir qildi, raqib esa ushbu vaziyatda o‘zini erkinroq his qildi. Niderlandiya ortiqcha tavakkal qilmadi va tartibli himoyalandi, xolos. Shu sababli biz himoyani yorib o‘tishda qiynaldik.

- Ertangi raqibimiz Paragvay terma jamoasi haqida nimalar deya olasiz? Ko‘pchilik, Paragvay terma jamoasini kuchli deb aytmoqda. Masalan, Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Paragvayni juda kuchli va tajribali jamoa deb aytdi.

- Ha, Paragvay juda kuchli terma jamoa. Bosh murabbiy ham terma jamoa bilan 7 yil davomida ishlab kelmoqda. Futzalchilar ham murabbiy nimani istayotganini to‘liq bilishadi. Paragvay terma jamoasi safidagi futzalchilar kuchli hisoblangan Ispaniya va Italiya ligalarida to‘p tepishadi. Qisqa qilib aytganda, ular juda tajribali.

- Bizdan kuchli bo‘lgan Paragvay terma jamoasini nima evaziga mag‘lub eta olamiz?

- Biz maksimum harakat qilishimiz kerak. O‘zimizning yuz foizli o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. Shuningdek, Niderlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvdagidek himoyada xatolar qilmasligimiz kerak. Niderlandiya pozitsion hujumda hech qanday muammo yarata olgani yo‘q. Paragvayga qarshi bahsda ham imkon qadar himoyada xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Paragvay terma jamoasi standart vaziyatlardan ham yaxshi foydalanadi. Shu sababli himoyada xatosiz o‘ynashimiz va standart vaziyatlardan foydalanib ketishimiz kerak.

- Agar muxlislarga yoki ommaga qandaydir murojaatingiz yoki gaplaringiz bo‘lsa, marhamat.

- Birinchi navbatda bizni qo‘llab-quvvatlashlaringizni so‘rayman. Niderlandiyaga qarshi kechgan uchrashuvdagidek muxlislik qilishlaringizni iltimos qilgan bo‘lardim. Faqatgina jipslashish orqali Jahon chempionatida yaxshi natijaga erisha olamiz. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar va OAV vakillariga ham katta rahmat.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Venansio Lopes Niderlandiyani nega mag‘lub eta olmaganimiz va Paragvay terma jamoasi haqida nimalar dedi?