Bugun Angliya chempionatining 6-tur uchrashuvlari start oladi. Shanba kuni Tumanli Albionning sakkizta stadionida o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
So‘zsiz, turning markaziy o‘yini Londonning “Arsenal” hamda “Chelsi” klublari o‘rtasidagi bahs bo‘ladi. Ayni damda ikki jamoa hisobida bir xil 10 ochko bor va bu uchrashuv har ikki jamoa uchun prinsial raqibidan o‘zib ketish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.
“Manchester Yunayted” – “Lester” o‘yini ham ancha qiziqarli bo‘lishi turgan gap. Mourino APLda ketma-ket ikkita mag‘lubiyatdan so‘ng mamlakatning amaldagi chempionini taslim etgan holda, g‘alabalar yo‘liga qaytishga astoydil harakat qiladi. Raneri shogirdlari esa bunga yo‘l qo‘ymaslikka urinadilar.
Bundan tashqari, “Manchester Siti“ Uelsda “Suonsi“ mehmoni bo‘ladi va o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilgani turgan gap.
“Liverpul“ bo‘lsa “Enfild“da “Xall Siti“ni qabul qilib, autsayderlarga qarshi ham kuchli zyin namoyish eta olishini isbotlashga harakat qiladi.
Qolaversa, “Midlsbro” – “Tottenxem” hamda “Bornmut” – “Everton” o‘yinlari ham ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘ladi.
Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
Manba: www.fut.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi