Abdel-Aziz: “U Habibning rekordini yangilaydi. U Habib, Islom va Usmondan ham kuchli”

1 daqiqa o'qish102
Abdel-Aziz: “U Habibning rekordini yangilaydi. U Habib, Islom va Usmondan ham kuchli”
Taniqli MMA menejeri va Dominance MMA Management asoschisi Ali Abdel-Aziz o‘ta yengil vazn (61,2 kg) toifasida UFC reytingining ikkinchi raqamli jangchisi Umar Nurmagomedov (18-0) vaqti kelib, vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchiga aylanishiga ishonch bildirdi.

“Merabni chempionligi bilan tabriklayman. Lekin siz chempion bo‘lib, hech qachon “Men u bilan jang qilishni xohlamayman, chunki u bunga loyiq emas” demasligingiz kerak. Va nima uchun bilasizmi? Chunki siz aynan shu holatda edingiz. Hamma uni titulga loyiq emas deb o‘ylardi. Ammo u bunga loyiq edi. Uning chempionlikni qo‘lga kiritganidan xursand bo‘ldim.

Lekin siz haqiqatga duch kelishingiz kerak. Umar “a” tarafdir. UFC chempionlik jangi uchun ehtimoliy da’vogarlar variantlarini e’lon qildi va fikrlarning 95 foizi Umarga tegishli. Eshiting, Umar chempion bo‘ladi. Umar Habibning rekordini yangilaydi. Va u mag‘lubiyatga uchramaydi. Umar 2024-2025 yillarda chempion bo‘ladi va nafaqaga chiqmaguncha chempion bo‘lib qoladi. Umar eng yaxshilarning eng yaxshisidir. U Habib, Islom va Usmondan ham kuchliroq. U ko‘p qirrali jangchi. Oxirgi besh yil ichida men Umarni yengadigan hech kimni ko‘rmadim va u Islom bilan, ukasi (Usmon) bilan birga mashq qildi. Umar haqiqiy ninza, u hamma narsani qila oladi. Bir kun kelib Umar vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchi bo‘ladi
", - dedi Abdel-Aziz ESPN MMA telekanaliga.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?