68
JCH—2026 saralashi. Shimoliy Koreya BAAdan ochko bilan qaytmoqda, qirg‘izlar esa mag‘lub bo‘lishdi
Futbol bo‘yicha JCH—2026 3-saralashi A guruhidan o‘rin olgan barcha bahslar yakunlandi.
Qatar jamoasi Qirg‘izistonni qabul qildi. Dohada o‘tgan bahsda mezbonlar mutlaq ustunlikka erishdi. 39-daqiqada qatarliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Tamirlan Qo‘ziboyev 63-daqiqada o‘z darvozasini ishg‘ol qildi: 2:0. 76-daqiqada Alimardon Shukurov hisobni qisqartirdi.
81-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ibrahim Al Hassan gol urib, qatarliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
Birlashgan Arab Amirliklari esa o‘z maydonida Shimoliy Koreyani mag‘lub eta olmadi. Koreyslar hisobda ortda qolayotgan edi, ammo 86-daqiqadagi gol ularga bir ochkoni keltirdi – 1:1.
JCH—2026 saralashi.
A guruhi
3-tur
Qatar — Qirg‘iziston 3:1
Gollar: 1:0 — Ali Almoez (39), 2:0 — Tamirlan Kozubayev (avtogol 63), 2:1 —Alimardon Shukurov (76), 3:1 — Al-Hassan (81).
Qatar - 23. Mesh’al Barsham, 12. Lukas Mendes, 16. Bualem Xuxi, 3. Abdulkarim Hassan (4. Muhammad Vaad, 86), 6. Abdulaziz Hatim, 17. Ismoil Muhammad (11. Ahmad al-Ganehi, 86), 20. Ahmad Fathi (13. Ibrohim al-Hassan, 75), 23. Abdulrahmon Mustafo (8. Jassim Jabir, 64), 9. Edmilson Junior (14. Abdulloh al-Yazidi, 86), 19. Almuoz Ali, 10. Akrom Afif.
Qirg‘iz Respublikasi - 1. Erjan Tokotayev, 2. Valeriy Kichin, 15. Magomed Uzdenov (23. Erbol Atabayev, 75), 3. Tamirlan Kozubayev, 14. Aleksandr Mishenko (4. Said Datsiyev, 60), 18. Kayrat Jirgalbek Uulu (17. Suyunbek Mamiraliyev, 60), 12. Odiljon Abdurahmonov (10. Guljigit Alikulov, 75), 22. Alimardon Shukurov, 20. Eldiyar Zaripbekov, 19. Ermek Kenjebayev, 7. Joel Kojo.
BAA — KXDR 1:1
Gollar: 1:0 — Yahyo Al-Hassani (66), 1:1— Chon Gvan (86).
Noaniq penalti: Kvan Son, 74.
BAA - 17. Holid Eysa, 19. Holid Ibrohim, 2. Abdulla Idris (7. Ali Solih, 64), 12. Halifa al-Hammadi, 4. Kuame Kuadio, 5. Ali Salmin (21. Issam Faiz, 55), 8. Tahnun al-Zaabi (20. Yahyo al-Gassani, 64), 14. Abdulla Hamad, 9. Harib Abdulla, 11. Kayo Kanedo, 23. Bruno (16. Markus Meloni, 76).
KXDR - 1. Kang Ju-Xyok, 17. Kang Kuk-Chol, 14. Cho Ok-Chol, 23. Jong Kum-Song, 16. Kim Yu-Song, 22. Kim Kuk-Bom, 4. Kim Pom-Xyok, 20. Pak Chung-Song, 10. Xan Kvang-Song (11. Jong Il-Gvan, 76; 15. Ri Un-Chol, 90+6), 13. Ri Il-Song, 9. Ri Jo-Guk (8. Kim Kuk-Jin, 74).
Shu tariqa, 3-turdan so‘ng BAA 4 ochko bilan 3-o‘rinda, Qatar esa shuncha ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda. KXDR hisobida 2 ochko bor. Qo‘shni Qirg‘iziston hali ochko olganicha yo‘q.
3-turdan keyin guruhdagi vaziyat quyidagicha:
Ma’lumot uchun, 15 oktyabr kuni O‘zbekiston “Bunyodkor” stadionida BAAni qabul qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?