O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilgan.
Osiyo mintaqasi saralash turnirining uchinchi bosqichida hamyurtlarimiz mag‘lubiyatsiz o‘ynamoqda va to‘rtta uchrashuvdan keyin o‘n ochko bilan peshqadamlik qilyapti. O‘zbekiston va Eron terma jamoalari o‘zaro durang o‘ynab, uchtadan uchrashuvda zafar quchgan holda guruhdan jahon chempionatiga yo‘llanma beradigan dastlabki ikki pog‘onani egallab turibdi.
Har ikki terma jamoa ham uchtadan uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab turibdi. Ular eng yaqin ta’qibchilarini oltitadan ochkoga ortda qoldirmoqda.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘rtinchi tur uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklari futbolchilarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu g‘alabadan keyin Rossiya futbolida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan sobiq futbolchi Valeriy Kechinov O‘zbekiston milliy terma jamoasining mundialga chiqish imkoniyatini baholadi.
- O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatiga chiqishga tayyorligi haqida gapirish biroz murakkab. Lekin bu jamoada bir necha yuqori darajali o‘yinchilar jamlangan. Ular Italiya va Fransiya chempionatlarida o‘ynaydi. O‘zimizning SSKAda to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullayev ham bor.
O‘zbekistonda juda yaxshi yosh avlod yetishib chiqmoqda. Agar bundan keyin ham muvaffaqiyat va omad kulib boqsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi jahon chempionatida qatnashish uchun yaxshi imkoniyatga ega, - dedi Valeriy Kechinov.
Valeriy Kechinov o‘zbek futboliga begona emas. U “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisobanadi. 1992 yili ilk bor o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan, musobaqa to‘purari bo‘lgan va o‘sha yilning eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga ega chiqqan.
Kechinov “Paxtakor”da o‘ynagan davrlarida 38 ta uchrashuvda o‘z hisobiga jami 30 ta gol yozdirib qo‘ydi. Mohir to‘purar 1993 yili “Paxtakor”dan Moskvaning “Spartak” klubiga ko‘chib o‘tgandi. 2000 yilgacha “spartakchilar” sharafini himoya qilgan hujumkor futbolchi olti marotaba Rossiya chempioni bo‘ldi.
Sobiq “paxtakorchi” moskvaliklar safida Rossiya kubogida ham g‘olib chiqqan va milliy chempionatda bir marta bronza medalga ega chiqqan.
Valeriy Kechinov mustaqillikning ilk yillari O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushgan. Keyinchalik Rossiya milliy terma jamoasida faoliyat yuritishga qaror qildi.
Rossiya futbolida yorqin iz qoldirgan Kechinov faoliyati davomida “Saturn” va “Shinnik” jamoalarida ham to‘p tepib, butsalarini 2004 yili mixga ildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!