"Roma" klubi Ivan Yurichning o‘rniga bir qator nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. "La Gazzetta dello Sport" tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Rimliklar rahbarlari Paulu Souzaning vakillari bilan aloqaga chiqishgan.
Ma’lumot uchun Paulu Souza BAAning "Shabab al Ahli" klubi ustozi hisoblanadi. Bundan bir oycha oldin "Shabab al Ahli" aynan Souza boshchiligida OCHL 2 musobaqasi 2-turi doirasida Qarshida "Nasaf" mehmoni bo‘lib 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib qaytgan edi. Lekin, rimliklarni o‘ylantirayotgan jihat bor, ya’ni Souzaning hozirgi jamoasi bilan shartnomasida tovon puli ko‘rsatilgan. Shu sabab "Roma" rahbarlari boshqa nomzodlarni ham o‘rganib chiqishmoqda.
"Roma"ga "Chelsi" sobiq futbolchisi va murabbiyi Frenk Lempardning nomzodini ko‘rib chiqishni ham taklif qilishgan.
Bundan tashqari, nomzodlar orasida yaqinda Saudiya Arabistoni terma jamoasidan iste’foga chiqarilgan Roberto Manchini, Massimiliano Allegri, Mauritsio Sarri, Grem Potter va Edin Terzichlar borligi aytilmoqda.
Mavsum avvalida iste’foga chiqarilgan Daniele de Rossini yana ortga qaytarish haqida esa bosh qotirilmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Borrel: AQSH Rossiyaga 300 kilometrgacha ichkariga zarba berishga ruxsat berdi
Xitoyda kriptovalyutada pora olgan amaldor kommunistik partiyadan o‘chirildi
Ta’sirchanlik, bezovtalik, horg‘inlik... nevrologik kasallik alomatimi?