17:11 / 10.11.2024
36

Ronalduning “Al-Hilol”ga o‘tish ehtimoli haqidagi xabarga opasi qanday munosabatini bildirdi?

Ronalduning “Al-Hilol”ga o‘tish ehtimoli haqidagi xabarga opasi qanday munosabatini bildirdi?
“An-Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru jurnalistning portugaliyalik futbolchi “Al-Hilol”ga o‘tish ehtimoli haqidagi xabariga o‘z munosabatini bildirdi.

Nimani yozyapsan? U shunchaki futbol haqida hech narsa bilmaydi. Hech bo‘lmaganda menga qo‘ng‘iroq qilganingda, bu ikki klubning raqobati haqida, ukamning u jamoaga o‘tish ehtimoli haqida gapirib berardim. Hali ham vaqt bor, bu xabarni o‘chirib tashla”, — deb yozgan Katya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

Avvalroq “Al-Hilol” jamoani tark etishi kutilayotgan Neymarga o‘rinbosar sifatida “An-Nassr” hujumchisi Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, “An-Nassr” va “Al-Hilol” Saudiyaning ikki yetakchi klubi hisoblanadi. Saudiya Pro Ligasining 10-turidan so‘ng “An-Nassr” 22 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Yetakchi “Al-Hilol” hisobida esa 28 ochko mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning “Al-Hilol”ga o‘tish ehtimoli haqidagi xabarga opasi qanday munosabatini bildirdi?