12:09 / 14.11.2024
25

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi musobaqada peshqadam bo‘lib turibdi

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi musobaqada peshqadam bo‘lib turibdi
Foto: Tatasteyelchess
Shu kunlarda Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess India turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Oltinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2742) ham bosh sovrin uchun bahs olib bormoqda. U Kecha 13 noyabr kuni musobaqaning birinchi kungi 3 ta turdan so‘ng 2,5 ochko bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Foto: Chess
Bugun ham shaxmatchilar 3 ta turda o‘zaro to‘qnash keladi. O‘zbek shaxmatchisiga bugun hind shaxmatchilari raqiblik qiladi. Nodirbek 4-turda qora donalarda Nihal Sarin (Hindiston, 2679) ga qarshi bahs olib boradi. Beshinchi turda oq donalarda yana bir hind grossmeysteri Vidit Santosh Gujrathi (2661) bilan bahs reja qilingan. Ushbu kunni Nodirbek Sunildat Narayanan (Hindiston, 2579) ga qarshi qora donalardagi uchrashuv bilan yakunlaydi.

Nodirbekning Magnus Karlsen (2825) ga qarshi uchrashuvi ertaga, 15 noyabr kuniga belgilangan. Ushbu bahs 9-turda o‘tkazilib, rapid bahslariga yakun yasab beradi. Unda Nodirbek oq donalarda harakat qiladi.

Foto: Sporstar
Ma’lumot uchun, Oktyabr oyining so‘nggi kunlarida Londonda shaxmat bo‘yicha WR Chess Masters musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bosqichda Aleksandra Kostenyuk bilan o‘yinda g‘alaba qozongan Nodirbek Abdusattorov chorak finalda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan bahsda mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta yakunladi.

3—12 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda Nodirbek Alaskan Knighs jamoasi nomidan qatnashdi va turnirni ikkinchi o‘rinda tugatdi.

Oktyabr oyi so‘ngida e’lon qilingan FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi, ammo bu safar u reyting ochkolarini 6 ochkoga kamaygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi musobaqada peshqadam bo‘lib turibdi