Superliganing 25-turi doirasida "Nasaf" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Neftchi" bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.
- Ilk navbatda "Nasaf"ni chempionlik bilan tabriklayman. Ular bir necha yillar davomida bu uchun kurashishdi va nihoyat, maqsadiga yetdi. "Nasaf"ga OCHLda o‘z vazifasini bajarishda omad tilayman. Shu orqali O‘zbekiston uchun ochkolar qo‘shishlariga tilakdoshman. O‘yin yaxshi bo‘ldi. "Nasaf" rotatsiyalarga qo‘l urdi. Ularning OCHLda o‘yini bor. Shuningdek, bir qancha futbolchilar termadan yetib keldi. Shu boisdan ayrim futbolchilarda hissiyotlar yetishmadi. Yakunda ular uchun og‘ir mag‘lubiyat qayd etildi. Menimcha, adolatli g‘alaba qozondik.
- "Neftchi"da yangi nomlar, ya’ni, yoshlarni kashf qilish niyatingiz bormi yoki faqat transferlarga tayanasizmi?
- "Nasaf"ning o‘z akademiyasi bor. Ular doimo yaxshi futbolchilar yetishtirib chiqarishadi. Klub akademiyasida ukrainaliklar ishlayotganiga 10 yillar bo‘ldi. Farg‘onada endi-endi bunday darajaga chiqishga harakat qilishmoqda. Bizda ham yoshlar bormi, sharoitlar yetarlichami? Shu sababli yoshlar yo‘q. Agarda biz shunday maqsad qo‘yadigan bo‘lsak, bu uchun sharoitlarni kuchaytirish kerak. Moddiy-texnik baza barpo qilish, yoshlar futbolini o‘z o‘rniga qo‘yadigan mutaxassislarni ishga jalb qilish kerak. Qachonki bu tizim ish beradigan bo‘lsa, futbolchi U19, U21 jamoalaridan o‘tib keladi. Aks holda yoshlarni asosiy jamoada ko‘rmaymiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"