Foto: COSM
AQSHning Las-Vegas shahrida 8 dekabr kuni MMA bo‘yicha UFC 310 turniri bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu kechada qatnashgan sportchilar ega chiqqan pul mukofoti miqdori ma’lum qilindi.
Oqshomning markaziy jangida o‘ta engil vazn toifasidagi braziliyalik Aleksandr Pantoja yaponiyalik debyutant Kay Asakura bilan to‘qnash keldi va ikkinchi raunddayoq g‘alaba qozondi. Aynan u turnirning eng katta gonorariga ega chiqdi. Pantoja 3 mln 442 ming dollarni qo‘lga kiritdi. Mag‘lubiyatga uchragan Asakura 1 mln 632 ming bilan taqdirlandi.
Qozog‘istonlik Shavkat Rahmonov bu borada uchinchi bo‘ldi. Chempionlik jangiga da’vogarlik huquqini qo‘lga kiritgan Rahmonovning gonorari 1 mln 155 ming dollarni tashkil etgan.
UFC 310 ishtirokchilarining pul mukofoti miqdori:
Aleksandr Pantoja — 3 mln 442 ming (dollar)
Kay Asakura — 1 mln 632 ming
Shavkat Rahmonov — 1 mln 155 ming
Ian Garri — 1 mln 056 ming
Visente Lyuke — 471 ming
Kris Uaydman — 421 ming
Kley Guida — 371 ming
Maykl Keza — 366 ming
Dominik Reyes — 361 ming
Siril Gan — 360 ming
Aleksandr Volkov — 311 ming
Movsar Evloyev — 176 ming
Aljemeyn Sterling — 320 ming.
Ma’lumot uchun, UFC 311 musobaqasi 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Turnirning ikki asosiy jangida rossiyalik sportchilar qatnashadi. Unga ko‘ra, Islom Maxachev Armaniston vakili Arman Sarukyanga qarshi, gruziyalik Merab Dvalishvili esa yana bir rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi UFC jangchisi Bogdan Guskov ham UFC 311 turniri doirasida jang qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qoʻshinlari kecha tunda Ukrainaga 72 ta dronlar bilan hujum qildi
Koʻpchilik tashkilotlar nega dogʻistonlik jangchilar bilan shartnoma tuzmaydi?
Xitoyning birinchi uchuvchi elektrokari namoyish etildi
Buxoroda 12 yoshli qiz homilador boʻlib qolgani aniqlandi
Nima uchun bu kitobni shu kunlarda oʻqishingiz kerak?
Turkiya Ukrainada oʻt ochishni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirdi
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Soʻnggi transfer xabarlari: Husanovga «Siti» qiziqmoqda, Shomurodov «Roma»dan ketishi kutilmoqda