Bu yerda hali "Nasaf" va jamoaviy tarkibi shakllangan OKMK bor. "Navbahor" o‘yindan chiqdi.
"ANDIJON"NING TRANSFЕRLARI HALI OLDINDA
Kechagi transfer oqshomida "Neftchi" hech kimga gap bermadi. Yaxshi saviyadagi futbolchilarni "yog‘dirib" tashladi. "Andijon" ham ikkita yaxshi yurish qildi. OCHL bahona klub keyingi 10 ta limitdan ham unumli foydalana olsa kerak. O‘z paytida "Ordabasi"ni chempion qilgan Ulug‘bek Asanbayevning shogirdi Davron Shoymardonov bugun klubning sport direktori lavozimida ish boshlagani, transferlar chog‘i Umarov, Yaxshiboyev, Norchayev kabi yaxshi saviyadagi futbolchilarni "burgutlar" safiga qo‘shilishini taxmin qilish mumkin. Doniyor Abdumannopov O‘zbekiston chempionati uchun zo‘r futbolchi. Rahimov ham chakki emas. Xomyakov esa futbolchilarni o‘ynatishni biladigan murabbiy. Agar klub u bilan xayrlashsa, katta xato qilgan bo‘ladi.
"NЕFTCHI" YARIM ISHNI QILIB BO‘LDI, OLDINDA ASOSIYSI
So‘nggi marotaba 2007 yil maza qilib ko‘rganimiz o‘zbek klassikosi bu yil yana qaytadigan ko‘rinadi. "Paxtakor" va "Neftchi" o‘rtasidagi super to‘qnashuvlarni ko‘rmay qo‘yganimizga ham ancha bo‘ldi. Yovovich juda zo‘r transfer, Ismoilov va Marushich ham yaxshi saviyadagi futbolchilar. Agar bular orasiga kutilayotgan ikki transfer, Cheran va Sobirxo‘jayev qo‘shilsa, farg‘onalik muxlislar 2026/27 yilgi Elit OCHLga tayyorgarlik ko‘rsalar bo‘laveradi. Hamrobekov, Sayfiyev, Masharipov va Alijonov kabi MTJ o‘yinchilari oldida ham qiyin tanlov turibdi. Cheran kelsa Siger jamoani limit sabab tark etadi. "Nasaf"mi yoki "Paxtakor"? Lekin pul va "jelaniya" bo‘yicha ustunlik Farg‘onada. Ja’far Irismetov futbol odami, uning jamoaga kelishi amplualar bo‘yicha aniq transferlarni amalga oshishiga olib kelyapti. Levchenko jamoada qolsa, rohat oladigan tarkib.
"PAXTAKOR" AUT(MI)?
Poytaxtdagi muhit futbolchilarni sergak torttirgan. So‘nggi paytlarda klub atrofida bo‘layotgan o‘zgarishlar yaxshilik tomonga emas, jamoa muxlislarining zarariga ishlayapti. 6 yil davomida klub uchun jonini bergan Sobirxo‘jayev va Cheranga hatto muxlislar bilan xayrlashib olish imkoniyati berilmadi. Hamdamov, Alijonov va Hamraliyevning shartnomasi yakuniga yetgan. Ularning jamoada qolishi noma’lum. Bu orada Abdumannopov, Cheran va Sobirxo‘jayev klubdan ketib bo‘ldi. Jamoaning "short listidagi" o‘yinchilar bilan "Neftchi" allaqachon yo shartnoma imzoladi yo kelishuvga erishdi. Yangi murabbiy legionerlar orqali jamoa shakllantirmoqchidir, ammo bizning chempionatga pas baho berib, "kelgindilar" bilan jamoani to‘ldirib qo‘yish extimoli ham yo‘q emas. Yangi mavsum oldidan klub muhim transferlarni boy berdi.
"NASAF" TARKIBNI SAQLAB QOLSA YAXSHI, AMMO...
Ammosi shundaki, "Nasaf"ning asosiy tarkib o‘yinchilarining deyarli barchasining shartnomasi yakuniga yetib bo‘lgan. Nasrullayevdan tortib, Abduxoliqovgacha. Bozorovdan Mozgovoygacha. Mana shu chempion tarkib so‘nggi 6 ta turda imkoniyatni boy berdi. Yangi mavsumdagi Elit OCHL qanday kuchli turnir ekanligini "Paxtakor" misolida ko‘rdik. Kelasi yili ham Osiyo maydoni, ham Superligada yaxshi natija qayd qilish uchun Ro‘ziqul Berdiyevga tarkibni saqlab qolgan holda, zaxiraga ham sifatli o‘yinchilar olishi kerak bo‘ladi. Ammo bugun "Nasaf" futbolchilari bilan kelishuvga erishganligi haqida gap so‘z eshitmadik. Bobur Abduxoliqov va Oybek Bozorov "Andijon", Nasrullayev va Mozgovoy "Neftchi"ni kuchaytirishi mumkinligini "Nasaf"dagilar ham yaxshi tushunib turgan bo‘lsalar kerak.
"NAVBAHOR" O‘YINDAN CHIQDI. LЕKIN...
So‘nggi 3 mavsumda "Navbahor"da chempionlik uchun juda yaxshi imkoniyat va shunga yarasha sharoit bo‘lgan edi. Lekin ular bundan foydalana olmadilar. Endilikda klub mahalliy futbolchilarni yig‘moqda. Avval aytganimdek tarkibni to‘liq yoshartirib yuborish to‘g‘ri hisoblanmaydi. Bunda Mirzohid G‘ofurov singari 3-4 nafar yoshi kattalar ham kerak edi. Kosonsoylik hujumchi Shahzod Ubaydullayev, "Navbahor" yoshlar jamoalarida o‘zini ko‘rsatgan lekin imkon berilmagan Sherzod G‘ulomjonov, Abdug‘ani Kamolov kabi futbolchilarni qo‘shib oldi. Tabiiyki, chempionlik endi asosiy planda bo‘lmasligi aniq. Yangi mavsumda natija emas, futbolchilar kashf qilinishini kutmoqdaman. Sergey Lushchan o‘zining murabbiylar shtabini jamlamoqda. Rashid G‘ofurov farmdan asosiy jamoaga o‘tdi. Ular o‘z vaqtida "Bunyodkor"da faoliyat olib borishgan. Murabbiy matbuot anjumanida aytganidek 6 nafar yordamchi so‘ragan bo‘lsa, bu ro‘yxat yana kengayadi. Nomlar bilan hech narsaga erisha olmagan klubning boshqa yo‘nalishdagi ishlari qanday kechishi qiziq bo‘ladi albatta.
Muallif: Iskandarov Abdulaziz
Manba: Championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Mayk Tayson: “Yig‘ladim va qasos olishga va’da berdim”
"Metallurg" 2025 yil Superligada o‘ynaydi
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov amerikalik jurnalistga nimalar dedi?
Germaniyada suriyaliklar Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganini ommaviy ravishda nishonladi
Turkiya prezidenti dunyoda faqat ikki yetakchi qolganini aytdi
Tokioda tug‘ilish darajasini oshirish uchun 4 kunlik ish haftasi joriy etiladi