Abbosbek Fayzullayev ketma-ket ikkinchi marotaba O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Undan avvalroq, Abbosbek Osiyo qit’asining 2024 yildagi eng yaxshi futbolchisi nominatsiyasida g‘olib chiqqan edi.
2024 yil davomida 21 yoshli futbolchimiz SSKA tarkibida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasida Osiyo kubogi va Olimpiya o‘yinlari, O‘zbekiston milliy terma jamoasida Osiyo chempionati va 2026 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasidagi uchrashuvlarda mahorat ko‘rsatdi.
Individual sovrinlar iste’dodli futbolchining klub va terma jamoalar miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyatli to‘p tepayotganidan dalolat beradi.
Rossiya futbol ekspertlari ayni paytda Yevropaning bir necha klublari qiziqish bildirayotgan Abbosbek Fayzullayevning o‘yinlarini tahlil qilib, uning kuchli jihatlari bilan birga ayrim nozik tomonlari borligiga ham e’tibor qaratdi.
Gennadiy Kostilyov, SSKA sobiq futbolchisi:
Abbosbek Fayzullayev muntazam yuqori saviyada o‘ynaydi, deb umid qilib bo‘lmaydi. To‘liq mavsumni yuqori darajada o‘tkazishga uning quch-quvvati yetmaydi. Pasayishlar va ko‘tarilishlar bo‘ladi. Insonda o‘sish davom etayotgan davrda bu tabiiy hol.
Sportchi bir porlaydi, keyin yana pasayish kuzatiladi. Barqarorlikni saqlab qola oladiganlari juda kam. Bunda murabbiylarning mahorati va sportchining iste’dodi, sifatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Fayzullayev – yaxshi o‘yinchi, lekin u yuklamalarni qay darajada va qachongacha ko‘tara olishi menga noma’lum. Hozircha u o‘zining mahorati bilan qolganlardan yaqqol ajralib turibdi. Abbos aqlli futbol namoyish qilyapti. Ayyorona va o‘ziga xos yechimlar qo‘llay oladi.
O‘zbek futbolchisi maydon markazida zo‘r o‘ynaydi, lekin himoyaga yordam berishga har doim ham ulgurmayapti. Hozir futbolchilardan universal bo‘lish, hujum qilish qatori himoyalanishni bilish ham talab qilinyapti.
Abbos harchand harakat qilmasin himoyada samarali o‘ynashi qiyin kechmoqda.
Valeriy Masalitin, SSKA sobiq futbolchisi:
SSKA hujumchisi Tamerlan Musayev jarima maydonchasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bu hududdan tashqarida undan foyda yo‘q. Raqib darvozasi qarshisida o‘zini suvga tushgan baliqdek his qiladi. Musayev yanada ko‘proq gol urishi uchun qanotlardan hujumni kuchaytirish kerak. Hozir esa, Ivan Oblyakov va Abbosbek Fayzullayev yuqori sport formasida emas.
Fayzullayev terma jamoadagi o‘yinlarga borib kelaverib ancha charchab qoldi. Bu yigit yil davomida umuman hordiq chiqargani yo‘q. Shuning uchun Fayzullayev o‘tgan yili namoyish qilgan samarali o‘yinini hozir har doim ham ko‘rsata olayotgani yo‘q. Men bu holatning uning yoshligi va biroz toliqib qolgani bilan izohlagan bo‘lardim.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor”dan SSKAga 2023 yilning avgustida transfer qilingan. “Armiyachilar”ning yetakchisiga aylangan 21 yoshli hujumkor futbolchining transfer narxi muntazam oshib bormoqda. Kuni kecha Transfermarkt portali ekspertlari legionerimizning transfer summasini 8 million yevro qilib belgiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Rossiya Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqishni boshladi
Bashar Asad Suriyaga qancha oltin qoldirgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbek futbolining 2024 yildagi eng yaxshilari taqdirlandi
Rossiya Suriyadan harbiy texnikasini olib chiqishga tayyorlanmoqda