23:36 / 21.12.2024
106

Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi

Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi
Qatarning Doha shahrida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida qit’aning eng iqtidorli sportchilari turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Qizlar o‘rtasida 59 kilogrammacha vazn toifasida oltin medal uchun keskin va murosasiz kurash asosan o‘zbekistonlik Marjona Abdumutalova hamda qozog‘istonlik og‘ir atletikachilar – Darya Balayuk va Nursila Berikbol o‘rtasida kechdi.

Iste’dodli sportchimiz shtanga dast va siltab ko‘tarishda ham, ikki kurashning umumiy natijasiga ko‘ra ham raqiblarini ortda qoldirdi.

Natija quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Marjona Abdumutalova - 187 kg (84+103).
2. Darya Balabayuk - 185 kg (83+102 kg).
3. Nursila Berikbol - 165 kg (72+93).

Shu tariqa, Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilib, qit’a chempioni degan sharafli nomga loyiq topildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Marjona Abdumutalova Osiyo chempionati oltin medaliga sazovor bo‘ldi