“Real” klubi oʻziga tegishli mashhur nomni oʻzgartirmoqda

“Real” klubi oʻziga tegishli mashhur nomni oʻzgartirmoqda
Qirollik klubi” rahbariyati jamoa oʻyinlari oʻtkaziladigan mashhur “Santyago Bernabeu” stadionining nomini oʻzgartirishga qaror qildi.

Marca nashrining ma'lum qilishicha, madridliklarning mashhur arenasi nomi soddalashtiriladi.

Manbaga koʻra, endi “Real” stadioni nomidan “Santyago” soʻzi olib tashlanadi va shunchaki “Bernabeu” deb ataladi. Bu oʻzgarish tijorat nuqtai nazaridan amalga oshirilishi aytilmoqda.

Ispaniya poytaxtida joylashgan bu inshoot 1947 yilda qurilgan. Hozirgi paytda 81 mingdan ziyod muxlisni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Arenaga 1955 yilning 4 yanvar kuni klub prezidenti Santyago Bernabeuning nomi berilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar