date
views 144

Boks. Toʻlqin Qilichev Osiyoda yil murabbiyi deb e'lon qilindi

Boks. Toʻlqin Qilichev Osiyoda yil murabbiyi deb e'lon qilindi
Foto: MOQ
Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) 2024 yil yakunlariga koʻra, yilning eng yaxshilarini e'lon qildi. Quvonarlisi, ushbu roʻyxatda 3 nafar vakillar ham bor.

Yil yakunlariga koʻra, Osiyoda oʻsmir qizlar oʻrtasida yilning eng yaxshi bokschisi sovrini Oʻzbekiston milliy jamoasi a'zosi Maftuna Yangievaga topshirildi.

22 yoshgacha boʻlgan bokschilar orasida eng yaxshi ayol bokschi sovriniga esa 2024 yilda Osiyo chempionligini qoʻlga kiritgan Feruza Kazakova ega chiqdi.

Parij-2024 Olimpiada oʻyinlaridagi yuqori natijalarda oʻzining yuksak hissasini qoʻshgan Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Toʻlqin Qilichev – Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi deya tan olindi.

Shuningdek, qit'aning boks boʻyicha eng asosiy tashkiloti Oʻzbekiston milliy jamoasiga Olimpiada-2024 natijalari uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Qizigʻi, Parij-2024da oltin medal yutmagan Qozogʻiston boksi Osiyoda yil yakunlariga koʻra eng koʻp sovringa ega chiqdi. Qozogʻistonlik Sagʻindiq Togʻambay – Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb e'lon qilindi. Temirlan Mukataev esa 22 yoshgacha boʻlgan bokschilar orasida Osiyoda tengsiz deb topilgan boʻlsa, Torexan Sobirxan Osiyoning eng yaxshi yosh boksichi deb e'lon qilindi. Qozogʻiston boks federatsiyasi esa 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi milliy federatsiyasi deb topildi.

Eslatib oʻtamiz, boks boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi Parij-2024 Olimpiadasida 5ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport