Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...

1 daqiqa o'qish562
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar haqida davom etamiz. Bugun kriteriyamizga mos keladigan yana bir taniqli sportchi, boks boʻyicha Olimpiada sovrindori, kabo-verdelik Daniel de Pina qanday qilib oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgani haqida eslab oʻtamiz.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari

-51 kg vazn toifasida ishtirok yetgan de Pina ikkinchi davradan bahslarga qoʻshildi va birdan ancha nomdor raqib – Rio-2016 yozgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Shahobiddin Zoirovga roʻbaroʻ keldi. Shubhasiz, bu qarama-qarshilikda Zoirov oʻzining ustunligini namoyish eta oldi va hakamlarning yakdil qarori bilan chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Afsuski, keyingi bosqichda Zoirov ham filippinlik raqibiga imkoniyatni boy berib, yarim final ostonasida yurishini toʻxtatgan edi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari

Biz bilgan de Pina Fransiyada butkul oʻzgacha qiyofada koʻrinish berdi. “Disney” qahramoni “Mikki Maus”ga taqlid qilib, oʻziga xos soch turmagi bilan qatnashgan de Pina yarim finalgacha yetib bordi va yaxshi ma'noda butun ommani oʻziga qarata oldi.
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Final ostonasida Hasanboy Doʻsmatovning kuchli va aniq zarbalari sabab ushbu bokschining soch turmagi buzilib ketdi. Yakunda “Mikki Maus” bronza medaliga ega chiqqan boʻlsa, “Professor” oltin medal sari yana bir qadam qoʻydi va ikki karra Olimpiada chempionligiga erishdi.
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?