
Shavkat Mirziyoyev BAAda boʻlib oʻtgan sammit doirasida «Manchester Siti» egalari bilan Abduqodir Husanov haqida suhbatlashdi.
Mazkur suhbat davomida «Manchester Siti» klubiga egalik qiladigan oila vakili shunday futbolchini ulgʻaytirgan oʻzbek xalqiga hurmatini izhor qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov «Lans»dan 40 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga transfer qilindi. 20 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi yangi klubi safida 45-raqamda toʻp surishi ma'lum qilingandi.
Quyida Shavkat Mirziyoyev «Manchester Siti» klubi egasi bilan Abduqodir Husanov haqidagi suhbatini tomosha qilishingiz mumkin:
Ma'lumot uchun, Husanov Angliya Premer-ligasida toʻp suradigan ilk oʻzbek futbolchisiga aylandi. U transfer narxi borasida ham oʻzbek futbolchilarining rekordini yangiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar