Katanes sogʻligi, faoliyati va Oʻzbekiston MTJdan ketishi haqida gapirdi

1 daqiqa o'qish4.2K
Katanes sogʻligi, faoliyati va Oʻzbekiston MTJdan ketishi haqida gapirdi
Foto: OʻFA
Sloveniyalik murabbiy Srechko Katanes kecha, 22 yanvar knui Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan edi. Murabbiy Sloveniyaning Sportklub saytiga sogʻligi, faoliyati va Oʻzbekiston MTJdan ketishi haqida fikrlarini bildirdi.

Saytning yozishicha, Katanes bilan birga uning yordamchilari Aleks Chex, Nixad Peykovich va Vlado Radmanovich ham jamoadan ketadi. Katanes oʻz intervyusida ikki oycha avval oʻzini juda yaxshi his qilayotgani, hozir ham yomon emas, barchasi joyidaligini ta'kidlagan.

“Ammo, baribir oʻzim istaganimdek emas. Shu bilan birga toʻshakka mixlanib qolganim yoʻq, hali ham sayrga, yurishga chiqaman. Yaratgan egam menga yordam bermoqda. Soʻnggi vaqtlarda men Sloveniya va Xorvatiya orasida koʻp qatnaydigan boʻldim”, – deydi Srechko.

Mutaxassis murabbiylik faoliyatiga toʻxtalib, iste'foga chiqish qarorini faqat oʻzi qabul qilganinni aytib oʻtdi.

"Hayotim davomida faqat boshqalar uchun harakat qilib, oʻzimni fido qilgandekman. Necha marta shartnomani bekor qilishni soʻraganimni bilasizmi? Ammo har safar bu fikrimdan qaytarishgan. Ammo bu – meni ishlashga undaganlarning aybi emas, faqatgina oʻzimning bosh murabbiy sifatidagi mas'uliyatim edi”, – deydi Katanes.

Srechko “futboldagi faoliyatingizga nuqta qoʻydingizmi?” deb berilgan savolga hatto ertaga nima boʻlishini bilmasligini aytib, faoliyatini yakunlaganiga sha'ma qilgan.

Ma'lumot uchun, 61 yoshli Srechko Katanes 2021 yil kuzidan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasini boshqarib kelayotgandi.

Katanes qoʻl ostida Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash bosqichida 6 turdan keyin 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Guruhda 1 va 2-oʻrinlarni olgan jamoalar mundialga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?