date
views 1 412

Oʻrtoqlik uchrashuvi. Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniya bilan durang oʻynadi

Oʻrtoqlik uchrashuvi. Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniya bilan durang oʻynadi
Oʻzbekiston milliy jamoasi Qatarda Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bu Temur Kapadzening qaytishidan soʻng milliy jamoa bosh murabbiyi sifatidagi ilk oʻyini boʻldi.

Dohada oʻtgan uchrashuvda Kapadze Superligada faoliyat yuritayotgan bir qator futbolchilarni sinovdan oʻtkazdi. Oʻyin davomida Dilshod Komilov, Gʻolib Gʻaybullayev, Anvarjon Hojimirzayev, Jahongir Abdusalomov singari oʻyinchilar debyut oʻyinida maydonga tushdi.

Golli vaziyatlarga boy oʻtmagan bahsda hisob ochilmadi – 0:0.

Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston milliy jamoasi JCh-2026 saralash bosqichidagi navbatdagi rasmiy oʻyinini 20 mart kuni Qirgʻizistonga qarshi oʻtkazadi.

Oʻrtoqlik oʻyini. 27 yanvar. Doha

Oʻzbekiston — Iordaniya – 0:0


Oʻzbekiston: 12.Abduvohid Ne'matov (16.Botirali Ergashev, 46), 19.Dilshod Komilov (5.Islom Qobilov, 81), 4.Farrux Sayfiyev (13.Sherzod Nasrullayev, 70), 6.Gʻolib Gʻaybullayev, 8.Oybek Bozorov (23.Anvar Hojimirzayev 46, Jahongir Abdusalomov, 81), 9.Odil Hamrobekov (18.Asadbek Rahimjonov, 62), 10.Jamshid Iskanderov (22.Avazbek Oʻlmasaliyev, 70), 14.Zafarmurod Abdurahmatov (3.Saidazamat Mirsaidov, 46), 15.Umarbek Eshmurodov, 17.Bobur Abduholiqov (20.Jasur Yaxshiboyev, 62, 21.Azizbek Amonov (7.Ruslan Jiyanov, 46).
Zaxira: 1.Hamidullo Abdunabiyev, 25.Akmal Mozgovoy.

Iordaniya: 22.Abdulla Al Faxuri, 4.Hossam Abu Daab, 6. Yusuf Abu Al Jazar, 19. Saad Al Rusan (3.Abdulla Nasib, 46), 17.Uord Al Barri, 8.Xolid Zakariya, 16.Amir Jamus (15.Aun Al Maharma, 78), 23. Ehson Haddod (18.Ahmad Assaf, 46), 10.Muhammad An Nosir, 14.Ahmad Al Avauda (9.Bakir Kalbuna, 72), 20.Muhammad Al Akash (7.Ahmad Al Arsan, 46).
Zaxira: 1.Yazid Abu Leyla, 5.Ahmad Ayman, 12.Nur Bani Attia, 13.Muhammad Kalon.

Ogohlantirish: Xolid Zakariya (14), Dilshod Komilov (21, 79), Uord Al Barri (81), Yusuf Abu Al Jazar (84)

22 yanvar kuni Srechko Katanes sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sababli Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgandi. Uning oʻrnini Temur Kapadze egallagandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi bugungi kunda Jahon chempionatiga saralash bosqichida 6 turdan keyin 13 ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Guruhda 1 va 2-oʻrinlarni olgan jamoalar mundialga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻrtoqlik uchrashuvi. Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniya bilan durang oʻynadi