18:27 / 02.02.2025
616

Gvardiola matbuot anjumanida Abduqodir Husanovning holati haqida gapirdi

Gvardiola matbuot anjumanida Abduqodir Husanovning holati haqida gapirdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola Abduqodir Husanov «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdan soʻng tiklanib olgani haqida fikr bildirdi.

«Qanchadan qancha TOP himoyachilar Husanovdek xatolarga yoʻl qoʻyadi. Men «Chelsi»ga qarshi uchrashuvdagi xato uchun Husanovni ayblamoqchi emasman.

Men uni na jamoadoshlari oldida, na shaxsan oʻzini tanqid qildim. U atigi 1 marta mashgʻulot oʻtkazib, «Chelsi»ga qarshi oʻynadi. Yangi jamoada, boshqa tilda suhbatlashiladigan mamlakatda. Bunday sharoitda men ham APLda debyut qilsam, menga yordam berishlarini istardim.

Hozirda Husanov bilan barchasi joyida. U mashgʻulotlarda ajoyib tarzda ishlamoqda. U bor e'tiborini ishga qaratgan. Barchasi joyida», — deb fikr bildirdi Gvardiola.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport