01:08 / 08.02.2025
98

"Nasaf" nazorat oʻyinida Latviya klubini ishonchli hisobda magʻlub etdi

"Nasaf" nazorat oʻyinida Latviya klubini ishonchli hisobda magʻlub etdi
"Nasaf" Antaliyadagi yigʻin doirasida bugun Latviyaning “Liyepaya” jamoasi bilan nazorat bellashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv jamoamiz nazorati ostida kechdi. Hisob birinchi boʻlim soʻnggida vakillarimiz tomonidan ochildi. Sherzod Nasrullayevning chap qanotdan oshirgan uzatmasini Sharof Muhitdinov gol bilan yakunladi — 1:0.

Ikkinchi boʻlimning 48-daqiqasida Akmal Mozgovoy Azizjon Ahrorov boshlagan hujumni gol bilan yakunladi — 2:0.

“Ajdarlar” Turkiyadagi yigʻin doirasida ikkinchi nazorat uchrashuvini ham gʻalaba bilan yakunlashdi.

“Nasaf” - “Liyepaya” 2:0
Gollar
: Sh. Muhitdinov (45), A. Mozgovoy (48).
“Nasaf”: 35. Abduvohid Ne'matov, 5. Gʻolib Gʻaybullayev, 6. Murodbek Rahmatov, 7. Akmal Mozgovoy, 14. Sharof Muhitdinov, 19. Stefan Cholovich, 22. Igor Golban, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 34. Sherzod Nasrullayev, 79. Azizjon Ahrorov, 99. Rubin Hebay
Zaxiradan maydonga tushganlar: Adhamjon Musulmonov, Diyorbek Asomiddinov, Oybek Bozorov, Davronbek Usmonov, Dilshod Murtazayev.

Manba: "Nasaf" matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport