08:29 / 19.02.2025
5 012

Lamin Yamal “Barselona” rejasiga qarshi chiqmoqda

Lamin Yamal “Barselona” rejasiga qarshi chiqmoqda
“Barselona” etakchilaridan biri Lamin Yamal klubning transfer siyosatiga qarshi chiqdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, kataloniyaliklar yozgi transferlar vaqtida oʻng qanot himoyasini kuchaytirish uchun yangi ijrochi olib kelish ustida ishlamoqda. Bu pozitsiyada fransiyalik Jyuo Kunde toʻp tepadi.

17 yoshli Yamal bu qanotga yangi oʻyinchi olish kerakmasligini ta'kidladi. Ispan futbolchisiga Jyul Kunde bilan bir jamoada oʻynash yoqmoqda.

Yamal joriy mavsumda ham samarali oʻyin namoyish qilyapti. U barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushib, oʻz hisobiga 11 ta gol va 15 ta assist rasmiylashtirib qoʻydi.

Transfermarkt portali tomonidan 180 million yevroga baholanayotgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi. “Barselona” rahbariyati oʻyinchi 18 yoshga toʻlgan kuni u bilan uzoq muddatli yangi bitim imzolashni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport