
UFC’ning ogʻir vazn toifasida sobiq chempion Frensis Ngannu 49 yoshli ukrainalik sobiq super ogʻir vazn toifasida jahon chempioni Vladimir Klichko bilan jang oʻtkazish imkoniyati haqida gapirdi.
“Mening shartnoma boʻyicha yana bir nechta jangim bor. Riko Verxoven bilan ham jang oʻtkazishim mumkin, lekin aniq emas. Bundan tashqari, Derrek Chisora va Vladimir Klichkolar ham variantlar orasida bor. Men albatta keyingi jangimni boksda oʻtkazmoqchiman va har qanday raqibga tayyorman”, deya Ngannuning soʻzlarini keltiradi Sportsboxreview nashri.
Eslatib oʻtamiz, Ngannu soʻnggi rasmiy jangini 2024 yil oktyabr oyida oʻtkazgan. U oʻsha kungi jangda braziliyalik Renan Ferreyra ustidan gʻalaba qozonib, PFL (Professional Fighters League) ogʻir vazn chempioniga aylangan edi.
Klichko esa 2017 yilda faoliyatini yakunlagan. U oxirgi jangini sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan oʻtkazib, 11-raundda texnik nokaut bilan magʻlub boʻlgandi. Ukrainalik bokschi faoliyati davomida 69 ta jangda qatnashgan. Ularning 64 tasida gʻalaba qozongan, 5 ta jangda magʻlubiyatga uchragan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar