16:10 / 20.02.2025
38 082

U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning barcha juftliklari ma'lum boʻldi

U-20 Osiyo kubogi. Chorak finalning barcha juftliklari ma'lum boʻldi
Xabaringiz bor, Xitoyda U20 terma jamoalari oʻrtasida Osiyo kubogi boʻlib oʻtmoqda. Turnirning guruh bosqichi oʻz nihoyasiga etdi va jamoalar chorak finalda toʻqnash keladigan raqiblarini bilib oldi.

"C" guruhida qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi Erondan soʻng 2-oʻrinni egalladi va "D" guruhida 1-oʻrinni olgan Koreya Respublikasi bilan bahs olib boradi. Ushbu bahs gʻolibi Chilida oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

U-20 Osiyo kubogi, chorak final
22 fevral


13:15 Saudiya Arabistoni - Xitoy
16:30 Avstraliya - Iroq

23 fevral

13:15 Eron - Yaponiya
16:30 Koreya Respublikasi - Oʻzbekiston

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv 23 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da start oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport